
“Avtoportret bilan natyurmort”. Polotno to’q jigarrang rangga bo’yalgan. Oldingi planda markazda stolning bir qismi. Kosasimon idish mevalar bilan to’la. Olma, nok, shaftoli, uzum, chap tomonda nok va kosa. O’ng tomonda persin yarmidan singan. Chap tomonda stolda muayyan shaklda mis qumg’on, orqa fonda kuzgi dala gullari. Qumg’on va kosa ortida ko’k rangli stakan ham tasvirlangan. Orqa planda asar muallifi tasvirini ko’rish mumkin.
Muallif: V.Ufimsev. KK raqam: 3705. O'lchami: 140x165 sm, Materiali: mato, Texnikasi: moybo’yoq. Ushbu asar muzeyning san'at bo'limi fondidan o'rin olgan. San'at bo'limi katta ilmiy xodimi: G.N. Salixanova
|

“Nastarin” natyurmorti. Eman daraxtidan yasalgan stol ustida tol novdasidan to’qilgan savat bor. Savat Ichida esa oq va binafsharang nastarinlar bilan to’ldirilgan. Savatning o'ng tomonida chetlariga kashta tikilgan oq chit belbog' to'shab qo'yilgan.
Muallif: V.I. Ufimsev. O'lchami: 72x105,5 sm, Materiali: mato, Texnikasi: moybo’yoq. San'at bo'limi katta ilmiy xodimi: G.N. Salixanova
|

"Olma" natyurmorti. KK raqam: 3955. INV raqam: 75. O'lchami: 36x46 sm. Materiali: mato. Texnikasi: moybo'yoq. Qisqacha ta'rif: Stol ustida och havo rangda dasturxon to’shalgan. Olma va olxo’ri mevalari tashalgan. Keying planda katta likopochada olma va olxo’ri solingan holatda tasvirlangan. Ushbu asar M.A. Arinin qalamiga mansub bo'lib, rassomning bir talay shu kabi asarlari Angren shahar tarixi muzeyida saqlanib kelmoqda. San'at bo'limi katta ilmiy xodimi: G.N. Salixanova.
|
Muallif: I.G. Chiganov. KK raqami: 7199. INV raqami: 369. O'lchami: 47x60 sm Materiali: qog’oz, texnikasi: akvarel. Qisqacha ta'rif: Past tekislikdagi shahardan uzoqroqdagi kichik qishloq manzarasi. Yam-yashil o’tloqzorlar, undan keying planda daraxtlar va mahalla uylari ko’rinib turibdi. Teraklar bir qator tizilgan, pastlikda suv anhori, anhor bo’ylab esa yana bir qator daraxtlarni ko’rishimiz mumkin. Orqa planda osmon bilan hamohanglikdagi tog’lar va to’lin oy tasvirlangan.
Ushbu kartina va yana shunga o'xshash ko'plab tasviriy san'at asarlari Angren shahar tarixi muzeyi fondida saqlanib kelmoqda. San'at bo'limi katta ilmiy xodimi: G.N. Salixanova.
|

"Davon”. Ushbu asarda Qo’qon davoni tasvirlangan bo'lib, qor bilan qoplangan tik tog’larning yon bag’irlarida yashil o’t-o’lan va daraxtlar tasvirlangan. Quyuq daraxt barglari qoplangan yo’lda harakatlanib kelayotgan avtobusni ko’rishimiz mumkin.
Rassom Qo'ziboyev Nigmat Mirzabekovich ijodiga mansub ushbu asar Angren shahar tarixi muzeyi ekspozitsiyalaridan o'rin olgan. O'lchami: 110x100 sm. Materiali: mato, Texnikasi: moybo’yoq.
San'at bo'limi katta ilmiy xodimi: G.N. Salixanova
|

M.A. Arinin "Komsomol a'zosi" 1940-yil KK-3954 INV-174 Materiali: mato. Texnikasi: moybo'yoq. O'lchami: 55x42sm Ta'rif: Ushbu kartina yog'och ramkaga ishlangan klassik uslubda chizilgan portret san'ati asaridir. Unda yosh ayol tasvirlangan bo'lib, uning yuzi muloyim ifodaga ega. Sochlari kalta va to'lqinli, libosi esa to'q rangda bo'lib, yenglari biroz shishirilgan uslubda. Orqa fon yumshoq pastel ranglar bilan ishlangan, bu esa suratga iliq va tabiiy ko'rinish beradi. u san'at tarixining realizm yoki impressionizm yo'nalishiga yaqin bo'lishi mumkin. O'yma naqshli ramkaga joylangani esa unga klassik ko'rinish beradi. San'at bo'limi katta ilmiy xodimi: G.N. Salixanova
|

Angren shahar tarixi muzeyi fondidan.
I.B. Skorikov “Hovli” KP-3958 INV-78 o'lcham-64x69 material-mato
texnika-moybo'yoq
Bahor. Quyoshli kunlar.
O’zbekcha hovli uy. Chap tomondan uy binosi boshlangan. Uyning derazalari ochiq holatda. Uy qarshisida so’ri va so’riga tortilgan uzum novdalari tasvirlangan. Yerga so’ridagi uzum barglarining soyalari tushib turibdi.
Yetakchi mutaxassis U.Fizailova
|

Ish faoliyatini 9-konda mexanik bòlib boshlagan Abduqodir G'ulomov sòng shahar komsamol qòmitasiga yetakchi bòldi. U inson qanchadan qancha tashabbuslarning ustida turgan. Shaharning barcha hiyobonlari, gulzorlari, dam olish boģlari uning xizmatlaridan guvohlik berib turibdi.
A. G'ulomov 1955-yilda shahar komsamol qòmitasi birinchi kotibi etib tayinlandi. Sòngra shahar ijroiya qòmitasining rais òrinbosari vazifasida faoliyat olib bordi. 1968-yilda esa shahar partiya qòmitasining birinchi kotiblik vazifasini bajardi va shu lavozimda umrining oxiriga qadar samarali mehnat qildi. Angren shahar tarixi muzeyi ekspozitsiyalarida A. G'ulomovning kòrgazmasi ham òrin olgan.
San'at bòlimi katta ilmiy xodimi: G.N.Salixanova
|

Xo’ja Aliqulov 1923-yil 15 avgustda Samarqand viloyati Narpay tumanining Qulton qishlog’ida chorvador oilasida tug’ilgan. X. Aliqulovning hayot yo’li silliq, ravon bo’lmagan. U ota-onasidan juda erta yetim qolib, opasi Hojar qaramog’ida voyaga yetgan. U 1947-yilda harbiy komissariat tomonidan Farhod GESi qurilishiga jo’natildi. Qurilishda o’z tengqurlari bilan faol va halol mehnat qildi. Aliqulov bilimsiz orzu osmonida erkin parvoz etolmasligini dildan his etdi va hunar-texnika bilim yurtiga o’qishga kirdi. O’qishni ekskavator haydovchisi mutaxasisligi bo’yicha bitirgach, ishni Angren ko’mir konida ekskavator haydovchisi bo’lib ishlashni boshladi.
1948-yili X. Aliqulov boshchiligida smena shaxtyorlari bir kechada 300 tonna ko’mir qazib chiqarishdi. Bu mavaffaqiyat esa Respublikamizda chetdan ko’mir tashib kelishni to’xtatish imkonini berdi. Angren shahrining qudratini oshirdi. X. Aliqulov mehnatsevarligi bilan shuhrat qozona oldi. X. Aliqulov jo’shqin faoliyati uchun munosib baholandi. 1957 va 1965-yillarda ordenlar bilan, 1964-yilda “Shahtyor shuhrati” medali bilan, 1971-yilda “Mehnat qahramoni” unvoni va oltin yulduz medali bilan taqdirlandi. 1972-yilda O’zbekiston kasaba uyushmasining “Hurmat” kitobiga nomi kiritilgan. 1979-yilda mehnatdagi yuksak ko’rsatkichlari uchun “Mehnat zarbdori” degan unvonga sazovor bo’lgan. Aliqulov 12 nafar farzandlarini o’qitdi, uyli-joyli qildi. U 1980-yil 4-avgustda 57 yoshida olamdan ko’z yumdi. Angren shahar tarixi muzeyida ushbu mehnat qahramoniga tegishli bo'lgan eksponatlar saqlanib kelmoqda hamda Aliqulovga bag'ishlangan "Mehnat qadrlagan inson" nomli ko'rgazma tashkil etildi. San'at bo'limi katta ilmiy xodimi: G. Salixanova
|

Siz olmabosh qush haqida eshitganmisiz? Agar ular sizni qiziqtirsa, Angren shahar tarixi muzeyiga tashrif buyuring. Tabiat bo‘limida joylashgan INV-46-sonli raqamida olmabosh qushini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz mumkin.
Olmabosh - oʻrdakdoshlar oilasiga mansub qush. Olmaboshning og‘irligi 1 kgdan - 1,5 kg gacha. Uning bahorgi patlaridagi qizil burunli erkak o‘rdak juda chiroyli. Katta yorqin qizil boshi, yorqin qizil tumshug‘i va qizil oyoqlari, qora ko‘krak va qora qorin bilan osongina ajralib turadi. Urg‘ochisi bir xilda ochiq jigarrang rangga ega, pastki qismlari yengil va yonoqlari yengil. Erkak yozda urg‘ochilarga o‘xshaydi, lekin uning pastki qismlari quyuqroq va boshi jigarrangroq. U ko‘pincha oziqlanish uchun qirg‘oqqa keladi. Asosiy oziq-ovqat o‘simliklar va baliqlar hisoblanadi. Asosan suv yuzasida oziqlanadi, kam shoʻngʻiydi.
“Tabiat” bo‘limining
katta ilmiy xodimi Oripov N.
|
|