15:52
Xo’ja Aliqulov


Xo’ja Aliqulov 1923-yil 15 avgustda Samarqand viloyati Narpay tumanining  Qulton qishlog’ida chorvador oilasida tug’ilgan.  X. Aliqulovning hayot yo’li silliq, ravon bo’lmagan. U ota-onasidan juda erta yetim qolib, opasi Hojar qaramog’ida voyaga yetgan. U 1947-yilda harbiy komissariat tomonidan Farhod GESi qurilishiga jo’natildi. Qurilishda o’z tengqurlari bilan faol va halol mehnat qildi.  Aliqulov bilimsiz orzu osmonida erkin parvoz etolmasligini dildan his etdi va hunar-texnika bilim yurtiga o’qishga kirdi. O’qishni ekskavator haydovchisi mutaxasisligi bo’yicha  bitirgach, ishni Angren ko’mir konida ekskavator haydovchisi bo’lib ishlashni boshladi.

1948-yili X. Aliqulov boshchiligida smena shaxtyorlari bir kechada 300 tonna ko’mir qazib chiqarishdi. Bu mavaffaqiyat esa Respublikamizda  chetdan ko’mir tashib kelishni to’xtatish imkonini berdi. Angren shahrining qudratini oshirdi. X. Aliqulov mehnatsevarligi bilan shuhrat qozona oldi. X. Aliqulov jo’shqin faoliyati uchun munosib baholandi. 1957 va 1965-yillarda ordenlar bilan, 1964-yilda “Shahtyor shuhrati” medali bilan, 1971-yilda “Mehnat qahramoni” unvoni  va oltin yulduz medali bilan taqdirlandi.   1972-yilda O’zbekiston kasaba uyushmasining “Hurmat” kitobiga nomi kiritilgan. 1979-yilda mehnatdagi yuksak ko’rsatkichlari uchun “Mehnat zarbdori” degan unvonga sazovor bo’lgan.  Aliqulov 12 nafar farzandlarini o’qitdi, uyli-joyli qildi. U 1980-yil 4-avgustda 57 yoshida olamdan ko’z yumdi.  Angren shahar tarixi muzeyida ushbu mehnat qahramoniga tegishli bo'lgan eksponatlar saqlanib kelmoqda hamda  Aliqulovga bag'ishlangan "Mehnat qadrlagan inson" nomli ko'rgazma tashkil etildi.     San'at bo'limi katta ilmiy xodimi:    G. Salixanova

Kategoriya: Xozirgi zamon tarixi bo'limi | Ko'rishlar: 76 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar