
Tegirmon toshi.
Angren shahar tarixi muzeyi tarix bo'limida tegirmon toshi (don maydalagich)ni ko’rishingiz mumkin. Bu toshlarning qadimiyligi IV-VI asrlarga tegishli bo’lib, ota-bobolarimiz donni maydalab, un hosil qilish uchun ishlatilgan. Tegirmon toshlari juft bo’lib, yotar(poydevor) toshi hamda yuguruvchi(ustki) toshni tashkil etadi. Yuguruvchi tosh statsionar yotar tosh ustida aylanib toshlarning "qaychi" yoki silliqlash harakatlarini hosil qiladi. Yuguruvchi tosh odatda bir oz konkav (ichki tomonga kavislangan yoki egilgan shakl) , yotoq toshi esa biroz qavariq ya’ni o’yilgan joylari bo’ladi. Bu maydalangan unni to'planishi mumkin bo'lgan toshlarning tashqi qirralariga yo'naltirishga yordam beradi. Shu tariqa donlar maydalanib unlar hosil bo'ladi. Bizning hududimizda ham dehqonchilik, hoʻjalik mashgʻuloti bilan shugʻullangan, ajdodlarimiz bunday tosh tegirmonlardan foydalangan. Tarix bo'lim mudirasi: Xalmuradova X.X
|

KP- 18925
O‘lchami:d-43 h-50
Materiali: yog‘och
Holati: yaxshi
Tehnikasi: yog‘ochga o‘yib ishlangan qo‘l mehnati
Saqlanadigan joyi: Angren shahar tarixi muzeyi "Etnografiya va san‘at" bo‘limi.
Yog‘och "Sabo" Afrikadan olib kelingan bo‘lib, og‘ir ekzotik yog‘ochga o‘yilgan. Afrikada shunday qora daraxtdan budda yasab unga xudolari sifatida sig‘ingan.
Afrikadan G.V. Ufimsev tomonidan olib kelingan
|

Yozuv mashinkasi -- ushbu yozuv mashinkasi harf bosish mashinasi-- harf, raqam va belgilarni standart tasvirlarini qog‘ozga navbatma-navbat tushirib, matn , jadval va b.ni bosish uchun mo‘ljallangan qurilma.Klaviatura bosish mexanizmi yozuv mashinkaning asosiy elementi hisoblanadi.
Yozuv mashinkalari XIX-XX- asrlarda keng qo‘lanilgan . Nozirgi vaqtda yozuv mashinkalari asosan foydalanishdan chiqib ketdi, ularning vazifasini printerlar bilan jihozlangan shaxsiy kompyuterlar bajara boshladi.Bunday qadimiy yozuv mashinkani ko‘rishni istasangiz Angren shahar tarixi muzeyiga tashrif buyuring.
|

San‘at asari: Etyud, rassom Shpolyanskiy G.P. "O‘zbek ayoli"
KP: 13995
O‘lchami : 49x65 sm
Materiali: karton , moybo‘yoq
Holati:Qoniqarli
|

1. Qumg‘on.
KP- 8023
Bo‘limi : "Tarix" bo‘limi
Davri: XIV- XVII asr
O‘lchami :qorin aylanasi d- 100 sm, h- 56 sm, ostki tayanch vazifasini bajaruvchi gardishi d-30, h-7 sm
Materyiali: Mis
Texnikasi:Mis quyma
Holati:Qoniqarli
Saqlanishi joyi:Angren shahar tarixi muzeyi
Tavsifi: Qumg‘on- suv qaynatish maqsadida foydalanilgan, qorin qismiga doira shaklida bezak berilib, doiraning markazi quyosh tasviriga o‘xshash naqsh bilan bezatilgan.Bo‘yin qismiga gumbazsimon bezak berilgan.Qumg‘oning dastagi va qopg‘og‘i quyma . Qorin qismini birlashtirib turish uchun mis mixlar bilan qotirilgan .Qumg‘on ostki tayanch gardishiga ega.
|

#Eksponat
Angren shahar tarixi muzeyi fondidan
San‘at asari : O‘rol Tansiqboyev "Arnasoy " .
KP- 3982
Davri: 1969 yil
Holati: Yaxshi
O‘lchami: 90x125 sm
Materiali: Xolst
Texnikasi:bo‘yoq
|

#Ekponat
Angren shahar tarixi muzeyi fondidan
San‘at asari : Ahmarov Ch. A.
Portret . SSSR xalq artisti Sora Ishonturayeva Dezdemona ro‘lida
Materiali : Xolst
Texnikasi: tempera
O‘lchami:120 x 90 sm
|

# eksponat
Angren shahar tarixi muzeyi fondidan
KP- 27503
O‘lchami : h-10,5 d- 13 sm
Materiali: Sopol
Saqlanish holati : Qoniqarli
Haykalcha - Qo‘chqor boshi ko‘rinishda ishlangan . Qovunchi madaniyatiga mansub . Tag va dum qismlari saqlanmagan .Uning shohlari orqaga qayrilib elkasiga ulangan.Quloqlari tik ko‘tarilgan, ko‘zlari avalsimon shaklda bo‘lib , ko‘zlarining qorachig‘ o‘rni chuqur holatda . Burnining ustki va iyagining ostidagi soqol qismi qoniqarsiz.
|

#eksponat
Angren shahar tarixi muzeyi fondidan .
KP- 15660
Kartina : Ufimsev V.I."Portret Inna ".
O‘lchami: 84x 60 sm
Yili: 1960 yil
Materiali: Qog‘oz
Texnikasi: guash
|

#Eksponat
KP- 9816
O‘lchami : h-13, d-11 sm
Materiali : Yarim chinni
Bo‘limi: "Etnografiya va san‘at" bo‘limi
Saqlanadigan joyi: Angren shahar tarixi muzeyi
Yarim chinni suvenir -Matrushka . Yoshlar va talabalar XII xalqaro festivali uchun yasatilgan . Chap tomonida festival emblemasi sariq tilla rangda aks etib, o‘rilgan sochga bog‘langan .Egnidagi
sarafan yashil rangda , oq no‘xatchalar tasviri bilan bezatilgan .
|
|