
Tegirmon toshi.
Angren shahar tarixi muzeyi tarix bo'limida tegirmon toshi (don maydalagich)ni ko’rishingiz mumkin. Bu toshlarning qadimiyligi IV-VI asrlarga tegishli bo’lib, ota-bobolarimiz donni maydalab, un hosil qilish uchun ishlatilgan. Tegirmon toshlari juft bo’lib, yotar(poydevor) toshi hamda yuguruvchi(ustki) toshni tashkil etadi. Yuguruvchi tosh statsionar yotar tosh ustida aylanib toshlarning "qaychi" yoki silliqlash harakatlarini hosil qiladi. Yuguruvchi tosh odatda bir oz konkav (ichki tomonga kavislangan yoki egilgan shakl) , yotoq toshi esa biroz qavariq ya’ni o’yilgan joylari bo’ladi. Bu maydalangan unni to'planishi mumkin bo'lgan toshlarning tashqi qirralariga yo'naltirishga yordam beradi. Shu tariqa donlar maydalanib unlar hosil bo'ladi. Bizning hududimizda ham dehqonchilik, hoʻjalik mashgʻuloti bilan shugʻullangan, ajdodlarimiz bunday tosh tegirmonlardan foydalangan. Tarix bo'lim mudirasi: Xalmuradova X.X
|