"Ikki jangchi" V.I. Ufimtsev mòyqalamiga mansub asar. 
KK- 2632. INV -3
Material: mato. Texnika: moybòyoq. Òlchami: 100x101sm. 
Qisqacha tavsif: Vatan romantikasi asosida yaralgan, diqqatga sazovor asar. Kartina voqeiligi shundan iboratki, ikki yosh partizan mas'uliyatli vazifani ado etib, qaytgan holatida tasvirlangan deb taxmin qilish mumkin. Ular ovoz eshittirgich orqali òqilayotgan xabarni diqqat bilan tinglab, qalban xursand va hotirjamlik hissi uyģongani tasvirlangan. Chunki ularning har biri ģalaba uchun ulkan hissa qòshgan Vatan himoyachilaridir. 
Ushbu polotnoni yakkaxon ish sifatida ham kòrish mumkin. 
San'at bòlimi katta ilmiy xodimi:                     G.N. Salixanova

Kategoriya: Xozirgi zamon tarixi bo'limi | Ko'rishlar: 75 | Qo'shilgan: doynub | Sana: 20.04.2025 | Sharhlar (0)

"Palina Malinkina portreti"                                                                                                                Muallif: V.I. Ufimsev    KP-2631   Materiali: mato  Texnika: moybo'yoq   O'lcham:  86x69 sm.     Ushbu polotnoda rassom urush qatnashchisi bo'lgan shifokor qiz Palinani tasvirlagan.  Egnida forma.  Qiz boshini biroz orqaga tashlab, qo'lida guldasta bilan turibdi. O'ng yelkasiga sanitariya kamari osilgan. Yuzlari hira tortgan, kulrang o'ychan ko'zlari tomoshabinga mayus boqib turibdi.                                                San'at bo'limi katta ilmiy xodimi:       G.N. Salixanova

Kategoriya: Xozirgi zamon tarixi bo'limi | Ko'rishlar: 78 | Qo'shilgan: doynub | Sana: 22.02.2025 | Sharhlar (0)

Siz qorashaqshaq haqida  eshitganmisiz? Agar ular sizni qiziqtirsa, Angren shahar tarixi muzeyiga tashrif buyuring. Tabiat bo‘limida joylashgan Qorashaqshaq qushini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz mumkin. Qorashaqshaqlar – chumchuqsimonlar turkumi avlodi. Tanasining uzunligi 20-25 sm. Kattaroq qoraquloqdan farqli o'laroq, tumshug'i yon tomonlarga tekislangan va unchalik kuchli emas. Ko'zlarning irisi jigarrang yoki to'q jigarrang. Qanotlari nisbatan qisqa, tagida keng va uchida toraygan. Yerda sakrab harakatlanadi. Uyasini yakka yoki koloniya boʻlib daraxt, buta, baʼzan yerga quradi.

Kategoriya: Xozirgi zamon tarixi bo'limi | Ko'rishlar: 139 | Qo'shilgan: doynub | Sana: 28.08.2024 | Sharhlar (0)

“Opa. Ko’k choy”   KK raqami: 11010  INV raqami: 419  Materiali: mato. Texnikasi: moybo'yoq.     O'lchami: 118x108 sm . Asar yaratilgan yili: 1978 yil. Qisqacha ta'rif: Oldinda o’zbek keksa ayoli supada o’tirigan holda tasvirlangan. Egnida sariq rangli ko'ylak.  Boshini tik tutgan, ziyrak ko'zlari tomoshabin nigohiga qadalgan.  Boshiga oq ro'moli yengil  tashlab olingan. Dudoqlari mahkam siqilgan. Birinchi qo’l oldinga cho’zilgan. Bir piyola choy ushlagan. Piyolaning tashqi tomoni apelsin rangada, ichi esa oq. Asarga diqqat bilan tikilar ekanmiz, bunda o'zbek xalqining bolajon xalq ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilamiz. Ayolning chap yon qismida bolalar o'yinchog'i paxmoqvoyga ko'zimiz tushadi. bundan tashqari ikki yonda yoyilib turgan qozg'ozga chizilgan rangli rasmlar ham e'tiborimizni tortadi.  Supa ustiga esa milliy o'zbek  olachalaridan to'shalgan.  Ayol orqa qismida ko'k va to'q qizil rangdagi duhoba yostiqlar qo'yilgan. Orqa rejada bog' tasvirlangan. Katta ilmiy xodim:      G. Salixanova

Kategoriya: Xozirgi zamon tarixi bo'limi | Ko'rishlar: 79 | Qo'shilgan: doynub | Sana: 28.08.2024 | Sharhlar (0)

"Anor bilan natyurmort" 
Muallif: N.V. Kashina 
KK raqam: 5871
INV raqam: 319
Materiali: mato
Texnikasi: moybòyoq 
Òlchami: 65x80 sm

Qisqacha ta'rif:  Markazda loydan ishlangan ko’za, uning yonida bir bosh  uzum va uch dona anor. Anorning bittasi yarim qirqilgan holatda , alohida bo’lib turibdi. Ikkisi esa uzum yonida qirqilmagan, butun holatda ko’rishimiz mumkin. Foni och siyorang, uning ustiga havorang silliq mato ilingan. Anor tagida esa och havorangda mato to’shalgan tarzda tasvirlangan.
Sa"nat bõlimi katta ilmiy hodimi G.N.Salixanova

Kategoriya: Xozirgi zamon tarixi bo'limi | Ko'rishlar: 108 | Qo'shilgan: doynub | Sana: 09.07.2024 | Sharhlar (0)

#Eksponat 

Kartina : V.A. Ufemsev " Oshxona jixozlari " 
KP- 15607 
 Bo‘limi:  Etnografiya  va san‘at bo‘limi 
O‘lchami : 64x83 sm
Davri: 1956 yil 
Materiali:  mato , moybo‘yoq 
Saqlanadigan joyi : Angren shahar tarixi muzeyi.

Kategoriya: Xozirgi zamon tarixi bo'limi | Ko'rishlar: 173 | Qo'shilgan: doynub | Sana: 09.03.2024 | Sharhlar (0)

Сиз Ангрен тарихи музейи бўлимларида намойиш этилаётган экспозиция ва экспонатлар кўргазмалари билан  танишдингиз. Тарих-ўтмишнинг ойнаси, келажакнинг устози, деб бежиз  айтилмайди. Зеро, ўтмишсиз-келажак йўқ!  Ушбу кўрганларингиз ватанимиз тарихи ҳақидаги билим ва тушунчаларингизни янада бойитган бўлишига шубҳа йўқ!

Kategoriya: Xozirgi zamon tarixi bo'limi | Ko'rishlar: 393 | Qo'shilgan: doynub | Sana: 02.04.2020 | Sharhlar (0)

Бу 2 та ваза  Ангрен шаҳрининг 60 йиллигига Чирчиқ ва Олмалиқ шаҳар хокимликлари томонидан  берилган совғалардир.

Kategoriya: Xozirgi zamon tarixi bo'limi | Ko'rishlar: 457 | Qo'shilgan: doynub | Sana: 02.04.2020 | Sharhlar (0)

Бу витринада биз шаҳримизга Хитой ва Италия давлатларидан , Олмалиқ   , Тошкент , Чирчиқ шаҳарлари,  Оҳангарон тумани томонидан  ҳадя  қилинган совғаларни кўришимиз мумкин.

Kategoriya: Xozirgi zamon tarixi bo'limi | Ko'rishlar: 379 | Qo'shilgan: doynub | Sana: 02.04.2020 | Sharhlar (0)

“Қадр топган қадриятлар” кўргазмаси. Мукаддас ҳаж зиёратига бориб келган ҳамшахарларимиз томонидан ҳадя этилган буюмлар

Kategoriya: Xozirgi zamon tarixi bo'limi | Ko'rishlar: 394 | Qo'shilgan: doynub | Sana: 02.04.2020 | Sharhlar (0)

« 1 2 3 4 5 6 »