10:31
“Opa. Ko’k choy”

“Opa. Ko’k choy”   KK raqami: 11010  INV raqami: 419  Materiali: mato. Texnikasi: moybo'yoq.     O'lchami: 118x108 sm . Asar yaratilgan yili: 1978 yil. Qisqacha ta'rif: Oldinda o’zbek keksa ayoli supada o’tirigan holda tasvirlangan. Egnida sariq rangli ko'ylak.  Boshini tik tutgan, ziyrak ko'zlari tomoshabin nigohiga qadalgan.  Boshiga oq ro'moli yengil  tashlab olingan. Dudoqlari mahkam siqilgan. Birinchi qo’l oldinga cho’zilgan. Bir piyola choy ushlagan. Piyolaning tashqi tomoni apelsin rangada, ichi esa oq. Asarga diqqat bilan tikilar ekanmiz, bunda o'zbek xalqining bolajon xalq ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilamiz. Ayolning chap yon qismida bolalar o'yinchog'i paxmoqvoyga ko'zimiz tushadi. bundan tashqari ikki yonda yoyilib turgan qozg'ozga chizilgan rangli rasmlar ham e'tiborimizni tortadi.  Supa ustiga esa milliy o'zbek  olachalaridan to'shalgan.  Ayol orqa qismida ko'k va to'q qizil rangdagi duhoba yostiqlar qo'yilgan. Orqa rejada bog' tasvirlangan. Katta ilmiy xodim:      G. Salixanova

Kategoriya: Xozirgi zamon tarixi bo'limi | Ko'rishlar: 44 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar