Tosh davri — insoniyat taraqqiyotidagi eng qadimgi davr. Bu davrda mehnat qurollari hamda qurolyarogʻlar, asosan: tosh, yogʻoch va suyakdan yasalgan. Tosh davri qadimiy (paleolit), oʻrta (mezolit) va yangi (neolit) davrlarga boʻlinadi. Tosh davri bundan taxminan 2 million yil oddinroq boshlanib, Oʻzbekistonda 4 ming yil burun tugagan (ayrim hududlarda uzoqroq davom etgan). Tosh davri odamlari terimchilik, ovchilik, baliq ovlash bilan shugʻullangan; neolit davrida dehqonchilik qilish va chorvachilik paydo boʻlgan. Ijtimoiy munosabatlar „ibtidoiy odamlar toʻdasi“ga, soʻngra ibtidoiy urugʻdoshlik tuzumiga xos boʻlgan. Tosh davrining qad. davri — paleolit 3 davrga boʻlinib oʻrganiladi: quyi paleolit, oʻrta paleolit, yuqori paleolit. Quyi paleolit davri ilmiy xulosalarga koʻra, odam ilk bora mehnat qurollarini yasagan vaqtlardan boshlangan.Tarix bo'limi katta ilmiy hodimi: A'zamova N.

Kategoriya: Tabiat bo'limi | Ko'rishlar: 46 | Qo'shilgan: doynub | Sana: 13.11.2024 | Sharhlar (0)

Zargʻaldoq - Oʻzbekistonga bahorda kelib, kuzda qishlash uchun Hindistonga ketadi, odatda, togʻ oʻrmonlarida, baʼzan toʻqay va vohalarda hayot kechiradi. Daraxt shoxlariga uya soladi. May oxirida 3— 4 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumdan 14—15 kundan keyin jish joʻja chiqadi. 18—19 kundan soʻng joʻjalar uchirma boʻladi. Qurt va qoʻngʻizlar bilan oziqlanadi. Bogʻ va oʻrmon zararkunandalarini qirib, foyda keltiradi.
Bo’lim mudirasi:  Isohonova N.

Kategoriya: Tabiat bo'limi | Ko'rishlar: 31 | Qo'shilgan: doynub | Sana: 13.11.2024 | Sharhlar (0)