20:28
Tosh davri

Tosh davri — insoniyat taraqqiyotidagi eng qadimgi davr. Bu davrda mehnat qurollari hamda qurolyarogʻlar, asosan: tosh, yogʻoch va suyakdan yasalgan. Tosh davri qadimiy (paleolit), oʻrta (mezolit) va yangi (neolit) davrlarga boʻlinadi. Tosh davri bundan taxminan 2 million yil oddinroq boshlanib, Oʻzbekistonda 4 ming yil burun tugagan (ayrim hududlarda uzoqroq davom etgan). Tosh davri odamlari terimchilik, ovchilik, baliq ovlash bilan shugʻullangan; neolit davrida dehqonchilik qilish va chorvachilik paydo boʻlgan. Ijtimoiy munosabatlar „ibtidoiy odamlar toʻdasi“ga, soʻngra ibtidoiy urugʻdoshlik tuzumiga xos boʻlgan. Tosh davrining qad. davri — paleolit 3 davrga boʻlinib oʻrganiladi: quyi paleolit, oʻrta paleolit, yuqori paleolit. Quyi paleolit davri ilmiy xulosalarga koʻra, odam ilk bora mehnat qurollarini yasagan vaqtlardan boshlangan.Tarix bo'limi katta ilmiy hodimi: A'zamova N.

Kategoriya: Tabiat bo'limi | Ko'rishlar: 31 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar