Siz ingichka barmoqli yumronqoziq haqida eshitganmisiz? Agar ular sizni qiziqtirsa, Angren shahar tarixi muzeyiga tashrif buyuring. Tabiat bo‘limida joylashgan ingichka barmoqli yumronqoziqni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz mumkin. Yumronqoziqlar - tiyinsimonlar oilasiga mansub kemiruvchilar urug‘i. Tanasi 14-40 sm, dumi 4-25 sm. Rangi oqish, qum rangda, qoʻngʻir kulrang va boshqalar tusda. Hamma yumronqoziqlar kunduzi faol hayot kechiradi. Qishda uyquga kiradi. Koʻpchiligi koloniya boʻlib yashaydi. Oʻsimliklarning yer usti va osti qismlari bilan oziqlanadi; urug‘larini yigʻadi. Koʻpchilik yumronqoziq donli oʻsimliklarning xavfli zararkunandasi va qator kasallik qoʻzgʻatuvchilarning tabiiy tashib yuruvchisidir. Yirik turlari terisi uchun ovlanadi.
“Tabiat” bo‘limining
katta ilmiy xodimi Oripov N.