07:03
ingichka barmoqli yumronqoziq

Siz ingichka barmoqli yumronqoziq haqida  eshitganmisiz? Agar ular sizni qiziqtirsa, Angren shahar tarixi muzeyiga tashrif buyuring. Tabiat bo‘limida joylashgan ingichka barmoqli yumronqoziqni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz mumkin. Yumronqoziqlar - tiyinsimonlar oilasiga mansub kemiruvchilar urug‘i. Tanasi 14-40 sm, dumi 4-25 sm. Rangi oqish, qum rangda, qoʻngʻir kulrang va boshqalar tusda. Hamma yumronqoziqlar kunduzi faol hayot kechiradi. Qishda uyquga kiradi. Koʻpchiligi koloniya boʻlib yashaydi. Oʻsimliklarning yer usti va osti qismlari bilan oziqlanadi; urug‘larini yigʻadi. Koʻpchilik yumronqoziq donli oʻsimliklarning xavfli zararkunandasi va qator kasallik qoʻzgʻatuvchilarning tabiiy tashib yuruvchisidir. Yirik turlari terisi uchun ovlanadi.


“Tabiat” bo‘limining
katta ilmiy xodimi Oripov N.

Kategoriya: Tabiat bo'limi | Ko'rishlar: 26 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar