Siz Turuxton qush haqida eshitganmisiz? Agar ular sizni qiziqtirsa, Angren shahar tarixi muzeyiga tashrif buyuring. Tabiat bo‘limida joylashgan KP-12248-sonli raqamida Turuxton qushini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz mumkin. Turuxton- qushlar oilasiga mansub. Uning uzunligi 28—33 sm, qanotlari 50—58 sm, vazni 120—310 g, urg'ochi esa mos ravishda 22—27 sm, 46—52 sm va 70—150 g. Oyoqlari ancha uzun; to'q sariq yoki deyarli qizil, ikki yoshli qushlarda kulrang-sariq (ba'zan kulrang dog'lar bilan), yosh qushlarda jigarrang, yashil yoki quyuq kulrang bo‘ladi. Parvoz paytida u katta suruvlarda yashaydi. Suv omborlarining loyqa qirg'oqlari bo'ylab oziqlanadi. Ko'payish davrida u asosan hayvonlarning oziq-ovqatlarini iste'mol qiladi, qishlash joylarida — asosan o'simlik ovqatlarini iste'mol qiladi. Kichik umurtqasizlar va o't urug'lari, don ekinlari bilan oziqlanadi. 

                   “Tabiat” bo‘limining katta 
                   ilmiy xodimi N.Oripov

Kategoriya: Tabiat bo'limi | Ko'rishlar: 99 | Qo'shilgan: doynub | Sana: 22.02.2025 | Sharhlar (0)

Yoʻrgʻa tuvaloq (Chlamydotis undulata) — tuvaloqsimonlar oilasiga mansub qushlarning bir turi. Vazni 1,1 kg dan 2,4 kg gacha; qanoti 350–450 mm. Boʻynida uzun patlardan iborat „yoqa“ boʻlishi bilan boshqa tuvaloqlardan farq qiladi. Patlari sargʻish qum rangida, boshqarish patlarida qoramtir qoʻngʻir koʻndalang yoʻllarining boʻlishi uni choʻl sharoitida yirtqichlardan pana qiladi. Yerda tez (soatiga 35–40 km gacha) yuguradi. Oʻzbekistonda Qizilqum va ochiq dashtlarda uchraydi. Arealining janubiy qismida oʻtroq yashaydi; shim. qismidan Arabiston, Gʻarbiy Osiyo va Turkmanistonga qishlash uchun uchib keladi. Asosan, hasharotlar, qisman oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Yer yuzasiga uya qura-di: aprel — may oylarida 1—3 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumlarini faqat modasi bosadi. Shim. hududlardan qishlov joyiga avgust—sent. oylarida uchib ketadi. Ov qushlari qatoriga kiradi. Soni keskin kamayib ketgani tufayli Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan
Tabiat bo’limi mudirasi: Isohonova N.

Kategoriya: Tabiat bo'limi | Ko'rishlar: 77 | Qo'shilgan: doynub | Sana: 22.02.2025 | Sharhlar (0)

"Palina Malinkina portreti"                                                                                                                Muallif: V.I. Ufimsev    KP-2631   Materiali: mato  Texnika: moybo'yoq   O'lcham:  86x69 sm.     Ushbu polotnoda rassom urush qatnashchisi bo'lgan shifokor qiz Palinani tasvirlagan.  Egnida forma.  Qiz boshini biroz orqaga tashlab, qo'lida guldasta bilan turibdi. O'ng yelkasiga sanitariya kamari osilgan. Yuzlari hira tortgan, kulrang o'ychan ko'zlari tomoshabinga mayus boqib turibdi.                                                San'at bo'limi katta ilmiy xodimi:       G.N. Salixanova

Kategoriya: Xozirgi zamon tarixi bo'limi | Ko'rishlar: 78 | Qo'shilgan: doynub | Sana: 22.02.2025 | Sharhlar (0)