17:50
Jang Bogo afsonasi haqiqatmi ?

Jang Bogo(787-846) - Sillalik koreys, yoshligida Xitoyga qul qilib sotilgan. O'rtog'i bilan Shangdongda yuqori harbiy mahoratlari tufayli zobitlik qilishgan.825-yili vataniga qaytgan. Silla hukmdoridan Chonxayda savdogarlarni qaroqchilardan himoya qilish uchun garnizon qurishga ruxsat oladi. Natijada u Sariq dengizda eng qudratli qo'mondonga aylandi. U Sillada taxt kurashiga qo'shilib,bosh vazir bo'lsada qora xalqdan bo'lgani uchun  uni yoqtirishmagan. U qizini qirol oilasiga uzatmoqchi bo'lganida zodagonlar undan norozi bo'lishgan.Ba'zilar uni qirolni o'ldirmoqchi bo'lganini aytishadi.841 yoki 846-yili o'z qarorgohida sillalik qotil Yeomjang tomonidan sharob ichayotganda pichoq bilan o'ldiriladi. O'limidan keyin garnizoni va qo'shini tugatiladi.Qabri noma'lum.Keyinroq afsonaga aylanib mabuddek e'zozlanadi. U haqida "Dengiz hukmdori" seriali suratga olingan.

instagram.com/angren_muzey www.angrenmuzey.uz t.me/angren_muzey

Ko'rishlar: 463 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar