14:00
Chjan-Syan

Ангрен шахар тарихи музейи, [01.04.20 14:10]
Chjan-Syan

          (? - miloddan avvalgi 103-yil) 
Qadim zamonlardan buyon Sharq va G`arbni, xususan, Xitoy va Yevropani o`zaro bog`lab kelgan, ushbu yo`nalishdagi savdo karvonlari uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan «Buyuk ipak yo`li» haqida ko`p eshitganmiz. Ammo mazkur savdo yo`lidan qaysi vaqtdan buyon faol foydalana boshlanganligi to`g`risidagi ma’lumotlar ko`pchilikni qiziqtirsa kerak.

Manbalarga ko`ra, «Buyuk ipak yo`li»ning ochilishida miloddan avvalgi II asrda yashagan xitoylik diplomat va sayyoh Chjan Syanning xizmatlari katta. Aynan, shu xitoy diplomat birinchi bo`lib Tyan-Shan tog`lari osha Xitoydan O`rta Osiyoga sayohat qilgan. Chjan Syan­ning bosib o`tgan yo`lidan Yevropa va Xitoy o`rtasida qatnaydigan savdo karvonlari keng foydalana boshlagan. Ma’lumki, Xitoy qadim zamonlardan chetga ko`plab miqdorda ipak chiqargan va shuning uchun ham keyinchalik bu yo`l «Buyuk ipak yo`li» nomini olgan.

Chjan Syanning tug`ilgan yili aniq emas, ammo manbalardan bizga uning miloddan avvalgi 103-yilda vafot etgani ma’lum. Mi­loddan avvalgi 138-yilda Chjan Syan xitoy imperatori U Dining topshirigiga binoan, muhim diplomatik missiyani amalga oshirish maqsadida Pekindan O`rta Osiyoga sayohat qilgan. Ushbu sayohati natijasida sayyoh birinchi bo`lib O`rta Osiyo, Pomir va Tyan-Shan tog`lari, Amudaryo va Sirdaryo, Lobnor ko`liga quyiluvchi Torim daryolari haqidagi ma’lumotlarni Xitoyga olib kelgan. Tarixchilar beda, uzum, anor, bodring, yong`oq va boshqa bir qator madaniy o`simliklarning Xitoy hududiga kirib kelishini ham Chjan Syan nomi bilan bog`laydilar.

Chjan Syanning miloddan avvalgi 138-yilgacha bo`lgan faoliyati to`g`risida ma’lumotlar juda kam. Ba’zi manbalarga ko`ra, u Xitoy imperatori saroyida diplomatii lavozimni egallagan. O`sha paytlarda shimoliy chegaralari «Buyuk Xitoy devori»dan o`tgan Xitoy birmuncha tez rivojlanib, kuchayib borayotgan edi. Tarixchilarning yozishicha, Chjan Syanning sayohatiga qadar xitoyliklar Gobi cho`li, Tibet va Mo`g`iliston o`rtasidagi Saydam botig`idan g`arbga va shimolga deyarli borishmagan va bu hududlarni deyarli bilishmagan.

O`sha vaqtlarda tabiiy to`siqlar – cho`llar, baland tog` tizmalari va keng dashtlarda ko`chib yuruvchi xunnlar qabilasi Xitoyning O`rta Osiyodagi o`troq xalqlar bilan aloqa o`rnatishiga halakit qilar edi. Shuning uchun ham xunnlarga tegishli yerlardan g`arbda yashaydigan va Xitoyga ittifoqchi bo`lishi mumkin bo`lgan katta yuechjilar (kushonlar)ni qidirib topish maqsadida Chjan Syan elchi sifatida O`rta Osiyoga yuborilgan. Hozirgi Lanchjou shahridan yo`lga chiqqan elchilar xunnlar hududida xibsga olinib, 10 yil asirlikda saqlangan.

Miloddan avvalgi 128-yilda xunnlar qo`lidan qochishga muyassar bo`lgach, Chjan Syan Markaziy Tyan-Shan tog`lari dovonlaritsan oshib, Jexay («Muzlamaydigan ko`l», hozirgi Issiqko`l) ko`lining janubiy qirg`oqlaridagi usun qabilasi yerlariga yetib keldi. Bu yerda Chjan Syanga yuechjilarning janubi-g`arbga, hozirgi O`zbekistan hududidagi Farg`ona vodiysiga ko`chib joylashganligi ma’lum bo`lgan. Ammo xitoy elchisi yuechjilarni Farg`onadan ham topolmadi, chunki ular yanada uzoqroqqa - Amudaryo va Sirdaryoning o`rta oqimidagi Baqtriya va Sug`diyonaga ko`chib ketishgan edi.

Nihoyat, yuechjilar joylashgan yerni topgach, bu yerda bir yil yashagan Chjan Syan miloddan avvalgi 127-yilning oxirida yana Xitoy tomon yo`l oldi. U Pomir tog`larini shimol tomondan aylanib o`tib, Oloy vodiysi va Torim daryosining bosh irmog`i bo`lgan Yuqori Yorkend daryosi orqali Torimning o`ng irmog`i Xutan daryosi vodiysiga yetib kelgan. Takla-Makon cho`lining janubiy chekkalari orqali bir vohadan ikkinchi vohaga o`tayotib, sayyoh oqmas va ko`chib yuruvchi Lobnor ko`li joylashgan pasttekislikka duch keladi.

Ангрен шахар тарихи музейи, [01.04.20 14:10]
Chjan Syanning sayohati Lobnor ko`lidan Oltintog`ning shimoliy yonbag`irlari bo`ylab davom etgan va bu yerda sayyoh yana xunnlar ko`liga tushib, bir yil vaqtini asirlikda o`tkazishga majbur bo`lgan. Bu safar ham qochishga muvaffaq bo`lgan sayyoh miloddan avvalgi 125-yilda bittagina hamrohi bilan Xitoyga qaytib keldi. Taxminiy hisob-kitoblarga ko`ra, Chjan Syan ushbu un uch yillik sayohati davomida 25 ming li (14,2 ming kilometrdan ortiq) masofani bosib o`tgan.

Xitoyga qaytgach, Chjan Syan o`z sayohati haqida batafsil hisobot tayyorlagan. Hisobot xitoylik tarixchi Sima Syan tomonidan qog`ozga tushirilib, o`sha paytdagi Xitoy va boshqa hududlarda O`rta Osiyo haqidagi geografik bilimlarning tarqalishiga muhim rol o`ynagan.

Chjan Syan xitoyliklarga birinchi bo`lib Kaspiy (Shimoliy) va Orol (G`arbiy) dengizlarining mavjudligi haqiqa xabar bergan va O`rta Osiyodagi asosiy daryolarning qaysi tomonga qarab oqishi va qayerga quyilishini to`g`ri aniqlagan. Mazkur hisobotda Osiyo qit`asining Fors ko`rfazi hamda O`rtayer dengizigacha bo`lgan g`arbiy xududlari va oldin xitoy adabiyotlarida tilga olinmagan Hindiston to`g`risidagi ba’zi ma’lumotlar mavjud. 

Chjan Syan Hindistonga Birma (hozirgi Myanma) va Assom (hozirda Hindistonning alohida shtati) hamda Osiyoning janubi-sharqidagi dengizlar orqali borgan. Sayyoh bosib o`tgan mazkur yo`nalish Xitoyni Ganga vodiysi bilan bog`laydigan asosiy yo`lga aylangan. U orqali miloddan avvalgi II va I asrlar bo`sag`asida Xitoydan O`rta va G`arbiy Osiyo mamlakatlariga boruvchi dunyo ahamiyatiga ega bo`lgan savdo yo`li - «Buyuk ipak yo`li»ning janubiy tarmog`i o`tgan.

Miloddan avvalgi 118 va 115-yillar o`rtasida Chjan Syan Tyan-Shan tog`lari orqali O`rta Osiyoga ikkinchi sayohatini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bu haqda xitoylik tarixchi Sima Syan «ushbu sayohat natijasida Xitoy o`zidan shimoli-g`arbda joylashgan mamlakatlar bilan aloqa yo`llarini ochdi», deb yozgan etdi. 

Chjan Syanning sayohatlari to`g`risidagi hisobotlari Sharq va G`arb mamlakatlari o`rtasida siyosiy va savso-iqtisodiy aloqalarning Avstraliyani, Shimo­liy Amerikaning g`arbiy qirg`oqlarini, Tinch, Hind va Atlantika okeanlarini tadqiq etgan va xaritaga tushirgan. Kartografiyaga  kuchayishida katta rol o`ynagan «Buyuk ipak yo`li»ning dunyo ahamiyatiga molik savdo yo`liga aylanishida muhim o`rin tutgan. Shuning uchun ham mutaxassislar xitoylik sayyohning safar hisobotini ahamiyati jihatdan Xristofor Kolumbning ispan qiroli xazinaboni Luis de Santaxelga «Yangi dunyo», ya’ni Amerikaning ochilishi haqida yo`llagan maktubiga qiyoslashadi.
www.angrenmuzey.uz instagram.com/angren_muzey

Ko'rishlar: 644 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar