11:12
tog' echkisi

Siz tog' echkisi haqida eshitganmisiz? Agar ular sizni qiziqtirsa, Angren shahar tarixi muzeyiga tashrif buyuring. Tabiat bo‘limida joylashgan tog' echkisini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz mumkin.Togʻ echkisi. - shoxli juft tuyoqlilar urugʻi. Gavdasining uzunligi 100-170 sm, balandligi 65-115 sm, vazni 35-150 kg. Chiqish qiyin boʻlgan qoyali joylarda yashaydi. Oʻzbekiston togʻlarida 2 turi: burama shoxli echki, yaʼni morxoʻr (Koʻhitang va Bobotogʻda) va Sibir togʻ echkisi (Turkiston va Chotqol togʻ tizmalarida) uchraydi. 15-17 yil yashaydi. Goʻshti va terisi uchun ovlangan. 2 ta turi ham Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.

Tog' echkisi tik qoyalar bor yerlarda uchraydi. Echkilar tongi va kechki paytlarda o'tlaydi. Tunni chiqish qiyin bo'lgan qoyalar orasida o'tqazadi. Erta tongda echkilar o'tloqlarga yo'l oladi. Ular uyerda soat 10-11gacha o'tlashadi, keyin suvhavzasi bo'yiga borishadi. Yozda tog' echkilari o'tlar bilan oziqlanadi, qishda esa archa va butalar shoxlari bilan oziqlanadi. O'loqchalar aprel-may oylarida dunyoga keladi. Ular ikki yoshga to'lgach, voyaga yetgan hisoblanadi.

“Tabiat” bo‘limining
katta ilmiy xodimi Oripov N.

Kategoriya: Tabiat bo'limi | Ko'rishlar: 72 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar