16:17
“Pionerka portreti”

“Pionerka portreti”. Muallif: Abdullayev Abdulhaq Aqsaqalovich.           KK raqam: 4005. INV raqam: 125. O'lchami: 49x39 sm.  Materiali: mato. Texnikasi: moybo'yoq.  “Pionerka portreti”. Och kulrang fonda o’quvchi qiz tasviri. Qiz qizil libosda, qora va uzun sochlarini ikkiga o’rib olgan.  Boshida esa iroqi do’ppi bor. Bo'yniga  qizil bog'ich bog'lagan. Yon tomonlama qiyalab o’tiribdi. Ko'zlari bir tomonga qiyo qilib, nazar solib turibdi.  Ushbu asar Angren shahar tarixi muzeyida saqlanmoqda. Shu kabi bir-biridan qiziq va qimmatli tasviriy san'at asarlari bilan yaqindan tanishish istagida bo'lsangiz albatta Angren shahar tarixi muzeyiga tashrif buyurishingiz mumkin.                                                                         San'at bo'limi katta ilmiy xodimi:         G.N. Salixanova

Ko'rishlar: 79 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar