09:23 Korsak tulkisi |
Korsak tulkisi oʻrta boʻyli tulki boʻlib, boshi va tanasining uzunligi 60 sm gacha, dumining uzunligi esa 35 sm gacha yetadi. Juni sargʻish-kulrang. Voyaga yetganlarning vazni 1,6 dan 3,2 kilogrammgacha boʻladi. Uning tanasining koʻp qismini kulrang—sargʻish rang moʻynasi qoplab olgan, pastki qismlari ochroq, ogʻiz, iyagi va tomogʻida rangpar dogʻlar mavjud. Qish faslida yungi ancha qalinroq va ipakdek boʻlib, rangi somon-kulrang, orqa tomondan quyuqroq chiziq oʻtgan boʻladi. Oqshom va tungi paytlarda faol boʻladi. Yumronqoziqlar va katta qumsichqonlar inida yashaydi. Baʼzan boʻrsiq va tulki iniga ham joylashib olishi mumkin, lekin oʻzi kamdan-kam hollarda uya qaziydi. Oʻzining tanlagan jufti bilan umrining oxirigacha yashaydi. Yanvar—fevral oylarida juftlashadi va mart—aprel oyida 5—7 tagacha bolalaydi. 9—10 oylik paytida voyaga yetadi. Asosan, kemiruvchilar bilan, baʼzida hashoratlar, sudralib yuruvchilar, qushlar va ularning tuxumlari bilan oziqlanadi. |
|
Jami sharhlar: 0 | |