Abu Ali ibn Sino
(980-1037) 
  Yevropa mamlakatlarida «Avitsenna» nomi bilan mashhur Abu Ali ibn Sino ko`pchilikka tib ilmi asoschilaridan biri sifatida ma’lum. Ammo Sharq uyg`onish davrining yirik namoyandalaridan bo`lmish Ibn Sino qomusiy olim bo`lib, nafaqat tibbiyot, balki falsafa, astronomiya, matematika, geografiya va tabiatshunoslikka oid ko`plab asarlar ham yozgan.
  Manbalarda yozilishicha, Ibn Sinoning otasi asli Balxlik bo`lgan va Buxoroga ko`chib  kelgach, Xurmaysan qishlog`ida yashagan. Unga qo`shni bo`lmish Afshona qishlog`idan uylangan va O`sha yerda o`rnashib qolgan. X asr tarixchisi Narshaxiy ta’biri bilan «Afshina katta bir shahar bo`lib, qal’asi bor. Bir necha qishloqlar unga qarashlidir. Odamlar u joyni tabarruk deydilar, xaftaning muayyan bir kunida u yerda bozor bo`la ... Читать дальше »

Ko'rishlar: 475 | Qo'shilgan: doynub | Sana: 01.04.2020 | Sharhlar (0)


Abu Rayhon Beruniy
(973-1048)
 Abu Rayhon Beruniy 973-yilning 4-sentyabrida Xorazmda, Amudaryoning o`ng sohilidagi Kot shahrida tug`ilgan. X asr oxirida Janubiy Xorazm viloyatining poytaxti hisoblangan Kot shahri hozirgi Qoraqalpog`istonning Beruniy tumani o`rnida joylashgan edi. Olimning nomi ba’zi manbalarda Pokistonning Sind shtatidagi Berun shahri nomi bilan bog`liq deyilsa, boshqasida u Hind viloyati­ning Berun shahridandir deyilgan. Mutaxassislarning fikricha, Abu Rayhon  uning asl ismi emas, bu uning homiysi xorazmlik Rayhona xonimning ismidan olingandir. Bundan tashqari, uning gullar va o`simliklarni sevib o`rgangani, chakkasiga doim rayxon taqib yo`rganligi uchun «Rayxon» nomini olgan, degan taxminlar ham bor.
  Beruniyshunos Ubaydullo Karimovning ta’kidl ... Читать дальше »

Ko'rishlar: 573 | Qo'shilgan: doynub | Sana: 01.04.2020 | Sharhlar (0)

Ангрен шахар тарихи музейи, [01.04.20 14:12]
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
(780-847)
 Qadimiy Xorazm Sharqda ilm-fanning rivojlanishida juda katta o`rin tutgan. Tarixchilarning tasdiqlashlaricha, Xorazmda aniq fanlar - geometriya, trigonometriya, astronomiya, topografiya, kimyo, mineralo­giya va boshqa tabiiy fanlar VIII—IX asrlardayoq yuksak darajada taraqqiy etgan. Geogra­fik bilimlarning yuksak darajada bo`lishi va jamlanishi xorazmlik savdogarlarga uzoq mamlakatlarga sayohatlarga bora olish imkonini bergan. Xorazm arab xalifaligi tarkibiga kirgach, xorazmlik olimlar o`z iqtidori va qomusiy bilim darajasining yuksakligi tufayli tez orada shuhrat qozonib, bir qator fanlar asoschilari orasida yetakchi o`ringa chiqib oldilar.

  Xorazm ilmiy maktabini ... Читать дальше »

Ko'rishlar: 645 | Qo'shilgan: doynub | Sana: 01.04.2020 | Sharhlar (0)

Ангрен шахар тарихи музейи, [01.04.20 14:10]
Chjan-Syan

          (? - miloddan avvalgi 103-yil) 
Qadim zamonlardan buyon Sharq va G`arbni, xususan, Xitoy va Yevropani o`zaro bog`lab kelgan, ushbu yo`nalishdagi savdo karvonlari uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan «Buyuk ipak yo`li» haqida ko`p eshitganmiz. Ammo mazkur savdo yo`lidan qaysi vaqtdan buyon faol foydalana boshlanganligi to`g`risidagi ma’lumotlar ko`pchilikni qiziqtirsa kerak.

Manbalarga ko`ra, «Buyuk ipak yo`li»ning ochilishida miloddan avvalgi II asrda yashagan xitoylik diplomat va sayyoh Chjan Syanning xizmatlari katta. Aynan, shu xitoy diplomat birinchi bo`lib Tyan-Shan tog`lari osha Xitoydan O`rta Osiyoga sayohat qilgan. Ch ... Читать дальше »

Ko'rishlar: 790 | Qo'shilgan: doynub | Sana: 01.04.2020 | Sharhlar (0)

 

Абдуллоҳнинг телефони жиринглади. Дўстларидан бири ташвишга туширадиган, қалбнинг тинчини бузадиган машъум нарсадан хабар берди. Телефонда гаплашаётиб кайфияти бузилган Абдуллоҳдан оила аъзолари ташвишнинг сабаби нима эканини сўрашди. Абдуллоҳ рўй берган воқеани айтиб берганди, улар ҳам Абдуллоҳнинг ташвишига шерик бўлиб, бутун оила биргаликда ғамга ботди. Ҳеч қанча вақт ўтмай ҳалиги дўсти яна телефон қилиб, мазкур айтган ташвишли хабари ҳазил экани, бундан баъзиларнинг одатига кўра 1 апрел муносабати билан айтиладиган ёлғонни ва ҳазил-мутойибани ирода қилганини айтди.

Шариатимиз бундай хунук ҳазилга нима дейди?

Ёлғончилик хулқларнинг энг ёмони ва ўта пасткашлик бўлиб, Ислом шариати уни иймонни қотирадиган, иймондан узоқлаштирадиг ... Читать дальше »

Ko'rishlar: 428 | Qo'shilgan: doynub | Sana: 01.04.2020 | Sharhlar (0)

15-аср охирларида христиан армияси ҳочликар Андалус мусулмонларининг сўнги қалъасини ўраб олади. Қишнинг совуқ кунларига қарамай қалъа аҳли узоқ муддат ўзларини ҳимоя қилишади. Қийин аҳволда қолган христиан армиясининг қўмондони турли хил услубларни қўллаб кўради. Энг охирида, 31-март кeчаси бир қўлида Қуръон ва бошқасида Инжил билан қалъа олдига кeлиб: “Шу икки китоб билан қасам ичаманки, агар таслим бўлсангиз бу кeча сизларга ҳeч нима қилмайман” дейди. Мусулмонлар ўзаро кeлишиб, жонларини сақлаб қолиш эвазига қалаъани таслим қилишади. Шунда “Қасам ичган эдингиз, бизларга сўз бeргандингиз” дeйишганда, христиан армиясининг қўмондони: “Мeнинг сизларга бeрган сўзим кeча кeчаси учун эди, бугун учун сизларга ҳeч қандай сўз бeрмаганман” дeя жавоб бeради ва бутун мусулмонларни ўша eрда шаҳид қилади. Шу кун ... Читать дальше »

Ko'rishlar: 424 | Qo'shilgan: doynub | Sana: 01.04.2020 | Sharhlar (0)

« 1 2 ... 56 57 58 59 60 »