Angren shahar tarixi muzeyida “2-iyul-Davlat gerbi qabul qilingan kun” munosabati bilan 3-iyul kuni Barkamol avlod bolalar maktabi hamkorligida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tashrif davomida muzey xodimlari maktab o‘quvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida ma‘lumot berdilar. O‘quvchilar o‘zlari qiziqtirgan savollarga muzey xodimlari tomonidan javob olishdi.
, Angren shahar tarixi muzeyida “ 30-iyun- Yoshlar kuni ” munosabati bilan “Ma‘rifatli yoshlar – millat faxri” mavzusida iqtidorli va iste’dodli yoshlar loyihasi doirasida “ Koinot bolalar” oromgohi hamkorligida intellektual musobaqa tashkil etildi.
Angren shahar tarixi muzeyida “30-iyun Yoshlar kuni ” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” hamda “Yoshlar – har bir yurt va millatning boyligi, buyuk salohiyati hamda kuch-qudrati manbaidir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.