Tegirmon toshi. |
Ish faoliyatini 9-konda mexanik bòlib boshlagan Abduqodir G'ulomov sòng shahar komsamol qòmitasiga yetakchi bòldi. U inson qanchadan qancha tashabbuslarning ustida turgan. Shaharning barcha hiyobonlari, gulzorlari, dam olish boģlari uning xizmatlaridan guvohlik berib turibdi. San'at bòlimi katta ilmiy xodimi: G.N.Salixanova |
Siz churrak qush haqida eshitganmisiz? Agar ular sizni qiziqtirsa, Angren shahar tarixi muzeyiga tashrif buyuring. Tabiat bo‘limida joylashgan KP 12244 raqamida churrak qushini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz mumkin. Churrak - oʻrdaklar oilasiga mansub suv qushlari. Qisqa bo‘yinli va juda tor uchli qanotli kichik daryo o‘rdak. Uzunligi 34-38 sm, qanotlari 58-64 sm, erkaginiki 250-450 g, urgʻochisiniki 200-400 g. Ushbu turning o‘ziga xos xususiyati – o‘rdaklar orasida eng tor va eng uchli qanotlari. Parvoz juda tez va shovqinsiz. Bahor va yozda hayvonlarning oziq-ovqatlari, kuz va qishda o‘simlik ovqatlari ustunlik qiladi: mollyuskalar, qurtlar, hasharotlar va qisqichbaqasimonlar. Oʻsimliklardan: suv oʻsimliklari urugʻlari, oʻt-oʻlanlar, oʻtlar, madaniy oʻsimliklar jumladan, don va sholi donalari bilan oziqlanadi. Uyaning diametri 150-180 mm, yon tomonlarining yerdan balandligi 70-90 mm, tovoqning diametri 120-150 mm, tovoqning chuqurligi taxminan 100 mm. “Tabiat” bo‘limining katta ilmiy xodimi Oripov N. |
1948-yili X. Aliqulov boshchiligida smena shaxtyorlari bir kechada 300 tonna ko’mir qazib chiqarishdi. Bu mavaffaqiyat esa Respublikamizda chetdan ko’mir tashib kelishni to’xtatish imkonini berdi. Angren shahrining qudratini oshirdi. X. Aliqulov mehnatsevarligi bilan shuhrat qozona oldi. X. Aliqulov jo’shqin faoliyati uchun munosib baholandi. 1957 va 1965-yillarda ordenlar bilan, 1964-yilda “Shahtyor shuhrati” medali bilan, 1971-yilda “Mehnat qahramoni” unvoni va oltin yulduz medali bilan taqdirlandi. 1972-yilda O’zbekiston kasaba uyushmasining “Hurmat” kitobiga nomi kiritilgan. 1979-yilda mehnatdagi yuksak ko’rsatkichlari uchun “Mehnat zarbdori” degan unvonga sazovor bo’lgan. Aliqulov 12 nafar farzandlarini o’qitdi, uyli-joyli qildi. U 1980-yil 4-avgustda 57 yoshida olamdan ko’z yumdi. Angren shahar tarixi muzeyida ushbu mehnat qahramoniga tegishli bo'lgan eksponatlar saqlanib kelmoqda hamda Aliqulovga bag'ishlangan "Mehnat qadrlagan inson" nomli ko'rgazma tashkil etildi. San'at bo'limi katta ilmiy xodimi: G. Salixanova |
Siz olmabosh qush haqida eshitganmisiz? Agar ular sizni qiziqtirsa, Angren shahar tarixi muzeyiga tashrif buyuring. Tabiat bo‘limida joylashgan INV-46-sonli raqamida olmabosh qushini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz mumkin. |
"Ikki jangchi" V.I. Ufimtsev mòyqalamiga mansub asar. |
Siz qora bovur qush haqida eshitganmisiz? Agar ular sizni qiziqtirsa, Angren shahar tarixi muzeyiga tashrif buyuring. Tabiat bo‘limida joylashgan KP-12249-sonli raqamida qora bovur qushini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz mumkin. |
Siz Turuxton qush haqida eshitganmisiz? Agar ular sizni qiziqtirsa, Angren shahar tarixi muzeyiga tashrif buyuring. Tabiat bo‘limida joylashgan KP-12248-sonli raqamida Turuxton qushini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz mumkin. Turuxton- qushlar oilasiga mansub. Uning uzunligi 28—33 sm, qanotlari 50—58 sm, vazni 120—310 g, urg'ochi esa mos ravishda 22—27 sm, 46—52 sm va 70—150 g. Oyoqlari ancha uzun; to'q sariq yoki deyarli qizil, ikki yoshli qushlarda kulrang-sariq (ba'zan kulrang dog'lar bilan), yosh qushlarda jigarrang, yashil yoki quyuq kulrang bo‘ladi. Parvoz paytida u katta suruvlarda yashaydi. Suv omborlarining loyqa qirg'oqlari bo'ylab oziqlanadi. Ko'payish davrida u asosan hayvonlarning oziq-ovqatlarini iste'mol qiladi, qishlash joylarida — asosan o'simlik ovqatlarini iste'mol qiladi. Kichik umurtqasizlar va o't urug'lari, don ekinlari bilan oziqlanadi. “Tabiat” bo‘limining katta |
Yoʻrgʻa tuvaloq (Chlamydotis undulata) — tuvaloqsimonlar oilasiga mansub qushlarning bir turi. Vazni 1,1 kg dan 2,4 kg gacha; qanoti 350–450 mm. Boʻynida uzun patlardan iborat „yoqa“ boʻlishi bilan boshqa tuvaloqlardan farq qiladi. Patlari sargʻish qum rangida, boshqarish patlarida qoramtir qoʻngʻir koʻndalang yoʻllarining boʻlishi uni choʻl sharoitida yirtqichlardan pana qiladi. Yerda tez (soatiga 35–40 km gacha) yuguradi. Oʻzbekistonda Qizilqum va ochiq dashtlarda uchraydi. Arealining janubiy qismida oʻtroq yashaydi; shim. qismidan Arabiston, Gʻarbiy Osiyo va Turkmanistonga qishlash uchun uchib keladi. Asosan, hasharotlar, qisman oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Yer yuzasiga uya qura-di: aprel — may oylarida 1—3 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumlarini faqat modasi bosadi. Shim. hududlardan qishlov joyiga avgust—sent. oylarida uchib ketadi. Ov qushlari qatoriga kiradi. Soni keskin kamayib ketgani tufayli Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan |
"Palina Malinkina portreti" Muallif: V.I. Ufimsev KP-2631 Materiali: mato Texnika: moybo'yoq O'lcham: 86x69 sm. Ushbu polotnoda rassom urush qatnashchisi bo'lgan shifokor qiz Palinani tasvirlagan. Egnida forma. Qiz boshini biroz orqaga tashlab, qo'lida guldasta bilan turibdi. O'ng yelkasiga sanitariya kamari osilgan. Yuzlari hira tortgan, kulrang o'ychan ko'zlari tomoshabinga mayus boqib turibdi. San'at bo'limi katta ilmiy xodimi: G.N. Salixanova |