21:45 Toshkent viloyati (Vikipediya) | |
Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning shimoli-sharqida. 1938 yil 15 yanvda tashkil kilingan. Shimoliy va shimoli-gʻarbdan Qozogʻiston Respublikasi, shimoli-sharkdan Qirgʻiziston Respublikasi, sharqdan Namangan viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi, janubi-gʻarbdan Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni (Toshkent shahri maydonisiz) 15,3 ming km². Aholisi (Toshkent shahri aholisisiz) 2,4 mln. kishidan ziyod (2004). Tabiati Iqlimi keskin kontinental. Qishi nam, nisbatan iliq, yozi uzoq, issiq va quruq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi – 1,3°, –1,8°, eng past temperatura –34° (tekislikda), –38° (togʻ etaklarida), iyulnint oʻrtacha tempaturasi 26,8°, eng yuqori temperatura 43–47°. Tekislik qismida yiliga 250 mm, togʻ oldilariga 350–400 mm, togʻlarda 500 mm yogʻin yogʻadi. Yogʻinning koʻp qismi bahor va qishda yogʻadi. Qor togʻlardagina uzoqroq saqlanadi. Vegetatsiya davri tekislik qismida 210 kun. Daryolari Sirdaryo havzasiga mansub (Sirdaryo – oʻrta oqimi, uz. 125 km va uning irmoklari – Chirchiq, Piskom va Ohangaron). Bular Tyanshan togʻlaridan boshlanadi va suvidan elektr energiya olishda va sugʻorish ishlarida foydalaniladi. Sugʻorish kanallari: Boʻzsuv, Qorasuv, Dalvarzin, Toshkent va boshqa Tuyaboʻgʻiz suv ombori („Toshkent dengizi“), Chorvoq suv ombori, Ohangaron suv omborlarn bor. Tuproklari: tekislikda boʻz tuproq, togʻ etaklarida (500–600 m balandlikkacha) tipik boʻz tuproq, undan balandroqda chimqoʻngʻir, yuqrrirokda oʻtloqidasht tuproq, daryo terrasalarining quyi qismida, yer osti suvi yuza joylarda oʻtloqi va botqoq tuproq, daryo vodiylarida allyuvial tuproqlardan iborat. Toshkent viloyatining tekislik qismi toʻla haydalgan, Sirdaryo buylarida kichik tuqaylar (terak, tol, jiyda, har xil butalar) mavjud. Togʻ etaklari va togʻlarda (1200–1400 m balandlikkacha) togʻ dashtlari, yuqorirokda siyrak archazorlar, 2000 m dan balandda subalp va alp oʻtloklari bor. Daryo vodiylarida terak, tol; togʻ etaklari va togʻlarning oʻrtacha balandliklarida olmazor va yongʻoqzorlar uchraydi, togʻolcha oʻsadi. Tekisliklarda sarik. yumronqoziq, qoʻshoyoq, kaltakesaklar, chul toshbaqalari, qalqontumshuq ilon va boshqa, Sirdaryo toʻqaylarida chiyaboʻri, tolay quyoni, qobon; togʻ etaklari va togʻlarda ayiq, tulki, togʻ qoʻyi, jayra, boʻrsiq, kaklik, toʻrgʻay, archa boltatumshugʻi va boshqa, togʻ daryolari va jilgʻalarda qora baliq, osman, laqqacha uchraydi. Viloyat hududida „Chimyon“, „Burchmulla“, „Bogʻiston“, „Xumson“, „Oqtosh“ kabi bolalar oromgoxlari, iklimiy kurort va dam olish uylari bor. Toshkentdan 20 km uzoqlikda „Toshkent mineral suvlari“ balneologik kurorti joylashgan. Toshkent viloyatida UgomChatqol milliy bogʻi (maydoni 574 ming ga) tashkil etilgan. Boshqizilsoy boʻlimida meteorologiya styasi (1956 yildan) faoliyat koʻrsatadi. Toshkent viloyati qadimdan Buyuk ipak yoʻlidagi ilmfan, gʻunarmandchilik, madaniyat taraqqiy etgan makonlardan biri bulgan. Xoʻjakent yaqinidagi gʻordan topilgan tosh davriga mansub odam suyagining qoldiklari va qoyalardagi suratlar bu vohada qadimda ibtidoiy odamlar yashaganligidan dalolat beradi. Shaharlarda hukumat uylari, savdo va xunarmandchilik rastalari tartib bilan joylashgan. Ularning maydoni 20 ga dan 65 ga gacha yetadi. Atrofdagi togʻlardan oltin, kumush, mis qazib olish natijasida hunarmandchilik yuksalgan. Kulolchilik va chorvachilik rivojlangan. Shosh va Iloq davlatlari oʻz nomlaridan tanga pullar zarb qilgan. Tangalarning yuz tomoniga vahshiy hayvonning rasmi (silovsin yoki bars), orqa tomoniga panshaxaga oʻxshash tam/a tushirilgan. Ilk oʻrta asrlarda aholi oʻrtasida otashparastlik keng yoyilgan. Ossuariyga odam suyaklari solib koʻmilgan qabrlar Toʻytepa, Qoraxitoy va Tuyaboʻgʻizdan (qarang Tuyaboʻgʻiztepa) topilgan. Ossuariylar tuxumsimon shaklda boʻlib, qopqogʻiga hayvon suratlari solingan. 9–10-asrlarda Toshkent viloyati Somoniylar davlati tarkibiga kirgan. Bu davrda shaharlar har tomonlama rivojlangan. 10-asr arab geograflari Istaxriy, Muqaddasiy va boshqa koʻrsatishicha, Xuroson va Movarounnahrda Shosh viloyati eng koʻp shagʻarli (40 taga yaqin) oʻlka boʻlgan. Eng yirik shaharlardan viloyat poytaxti Binkat, Iloq (Eloq) davlatining poytaxti Tunkat va yirik savdohunarmandchilik markazlari Xarashkat, Shuturkat, Nujkat boʻlgan. Qadimgi shahar xarobalarida oʻtkazilgan qazilmalar shaharlarning paydo boʻlishi, rivojlanishi va kengayishi har xil tarzda kechganligini koʻrsatadi. Shaharlar poytaxt boʻlgani, karvon yoʻllari ustiga joylashgani, konlardan yaxshi foydalangani va chorvador koʻchmanchi xalqlar bilan aloqada boʻlgani uchun rivojlangan. Shaharlarning maydoni 20 ga dan 200 ga gacha boʻlgan. Toshkent viloyati hududidan oʻtgan 2 mashhur karvon yoʻlining birinchisi Sirdaryo, Binkat, Xarashkat, Xudoykat orqali, ikkinchisi bir oz shim.rokdan Chinozkat, Shuturkat, Dafnigankat, Isfijob orqali oʻtgan. 9–10-asrlarda konchili k ishlari, metall eritish, kulolchilik va toʻqimachilik taraqqiy etgan. 10-asr geograflarining maʼlumotlariga koʻra, Shosh, Ilokdan har xil matolar, gilamlar, teridan ishlangan ashyolar, harbiy qurollar, egarlar, metall buyumlar, chorvachilik mahsulotlari va gʻalla tashqariga chiqarilgan. Toshkent hunarmandlari tomonidan yasalgan xunarmandchilik va zargarlik buyumlari, qurolaslahalar butu n sharqsa shuhrat qozongan. Toshkent vohasi oʻz tarixida takdirning koʻp sinovlarini, shahar va qishlokdarni vayronaga aylantirgan moʻgʻullar bosqini kabi ogʻir davrlarni boshidan kechirgan. Tarixiy manoalardan maʼlum boʻlishicha, faqat Amir Temur davriga kelib, vohada qaytadan rivojlanish boshlangan. Koʻplab shaharqishloklar yangidan kad rostlab, obod boʻlgan. Viloyat hududidagi mashhur Zangiota majmuasi Amir Temur tomonidan qurildi. Bu yodgorlik majmuining qurib bitkazilishi keyinchalik Mirzo Ulugʻbek tomonidan oxiriga yetkazilgan. Tarixdan maʼlumki, sohibqiron Amir Temur Toshkent sh. va Toshkent vohasiga koʻp marta tashrif buyurgan. Sirdaryo boʻyidagi moʻgʻullar vayron qilgan Banokat shahrini qayta tiklab uni oʻgʻli Shohrux nomiga Shohruxiya deb atagan. Aholisi Iqtisodiyoti Sanoatining yetakchi tarmoklari – energetika, mashinasozlik, metallurgiya, koʻmir, kon metallurgiyasi, kimyo sanoati, poyabzal, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati, toʻqimachilik hamda qishloq xoʻjaligi. mahsulotlarini qayta ishlash. Viloyatda sanoat korxonalaridan Bekoboddagi Oʻzbekiston metallurgiya, Olmaliqdagi konmetallurgiya, Yangi Angren, Toshkent issiqlik elektr styalari hamda Chirchikdagi oʻtga chidamli va qiyin eriydigan metallar kombinati ishlab turibdi. Chirchikdagi „Elektrkimyosanoat“, Olmalikdagi „Ammofos“ va Angrendagi „Oʻzbekrezinatexnika“ ishlab chiqarish. birlashmalari Respublika kimyo sanoatidagi yirik korxonalardan xisoblanadi. Bu korxonalarda qishloq xoʻjaligi. va boshqa tarmoqdar uchun azotli va fosforli oʻgʻitlar, ammiakli selitra, kaprolaktam ishlab chikariladi. „Oʻzbekkimyomash“, „Chirchiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligi“, „Transformator“ korxonalarida qishloq xoʻjaligi. uchun zarur boʻlgan paxta seyalkalari, kultivatorlar, podborshchiklar va ehtiyot qismlar va boshqa ishlab chikariladi. Viloyatdagi „Toshkenttibtexnika“ (Qibray tumani), „OʻzBMZ“ (Toshkent tumani), „Gidravlika“, „Uskuna quruvchi“ (Zangiota tumani), Dalvarzin taʼmirlash zavodi (Bekobod tumani), Togʻ transporti uskunalarini taʼmirlash zavodi, „Angrengazmash“ (Angren sh.,) korxonalari yirik korxonalardan qisoblanadi. Viloyatda, shuningdek, „Ohangaronsement“, „Santexquyma“, „Ohangaronshifer“, „Ohangaronlinplast“, „Bekobodsemtaʼmir“, „Gʻazalkentoyna“ kabi qurilish materiallari ishlab chikaradigan va qayta ishlaydigan korxonalar ham mavjud boʻlib, ularda sement, shifer, keramika, oyna, gʻisht, linoleum, temirbeton konstruksiyalari kabi mahsulotlar tayyorlanadi. Oziq-ovqat sanoati xam rivojlangan. Bunda, asosan, mahalliy xom ashyodan mahsulot tayyorlanadi. Bu sanoat goʻshtsut, yogʻmoy, unqandolat, vinoaraq, tamaki va boshqa tarmoklarni oʻz ichiga oladi. Oziq-ovqat sanoati paxtachilik mahsulotlari, bogʻdorchilik, tokchilik, sabzavotchilik, chorvachilik va boshqalarga asoslanadi. Viloyatda 4 un zdi, konserva, pivo, araq, non va non mahsulotlari zdlari, sholi tozalash korxonalari bor. Yangiyoʻl sh. viloyat oziq-ovqat sanoatining markazlaridan biri. Bu yerda yogʻ, konserva, vino va spirt zdlari, qandolat fabrikalari mavjud. Chirchiq, Olmaliq, Angren shaharlari, Bekobod, Qibray, Zangiota, Toshkent, Boʻstonliq tumanlarida ham oziq-ovqat korxonalari koʻp. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklari: paxtachilik, bogʻdorchilik, tokchilik, pillachilik; togʻ etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan, bugʻdoy va arpa yetishtiriladi). Ayniqsa, mustaqillik yillarida sohada iktisodiyetning koʻp tarmokli turlari shakllanib borayapti. Toshkent viloyatida 50 mingdan ortiq dehqon xoʻjaligi va 7,5 mingdan ortiq fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Bugungi kunda dehqon va fermer xoʻjaliklarining yalpi mahsulotdagi salmogʻi 72 %ni tashkil etadi (2004). Soʻnggi 10 yilda paxta urugʻchiligini rivojlantirishga eʼtibor ortib borayapti. Viloyat paxta seleksiyasi va urugʻchilik sohasida ilmiy izlanishlar natijasida jahon talablarini qondiruvchi tola, yuqori hosilli va tez pishar navlar yaratilmoqda. Toshkent viloyati 1990-yillargacha SSSRda kanop yetishtiriladigan yagona region edi. Sirdaryo va Chirchiq sohillarida sholi yetishtiriladi. Keyingi yillarda viloyatda qishloq xoʻjaligi. ekinlari strukturasini oʻzgartirishga alohida ahamiyat berilyapti. Paxtachilik, gʻallachilik asosiy oʻrinlarni egallaydi. Toshkent viloyatida shuningdek, kartoshka, meva va rezavor mevalar, uzum yetishtirish ham yil sayin ortib borayapti. Pillachilik bilan shugullaniladi. Chorvachilik rivojlangan. Toshkent viloyatida 168 shirkat xoʻjaligi, 8 parrandachilik fabrikasi bor. Chorvachilik goʻshtsutga ixtisoslashgan. Toshkent viloyatidagi barcha jamoa va xususiy xoʻjaliklarida 425,5 ming bosh kramol (shu jumladan, 190,3 ming sigir), 20,2 ming choʻchqa, 446,1 ming qoʻy va echki, 4018,2 ming parranda bor (2003). Chirchiq – Ohangaron vodiysi obikor dehqonchilikning asosiy rnidir. Viloyatdagi barcha ekin maydoni 315 ming ga, shu jumladan, yerning 108,0 ming gektariga paxta, 135 ming gektariga boshokli don ekinlari, 5,8 ming gektariga texnika ekinlari, 17,4 ming gektariga kartoshka, sabzavot va poliz, 39,7 ming gektariga yemxashak ekinlari ekiladi. Bogʻ, tokzor 30,8 ming ga va 8,5 ming ga oʻrmonzorlar bilan band, pichanzor va yaylovlar 198,5 ming gektarni egallaydi (2003). Ekinlarni sugʻorishda, asosan, Chirchiq daryosi, qisman Ohangaron va Sirdaryodan foydalaniladi. Toshkent viloyati respublika poytaxti aholisiga sut, goʻsht, tuxum, mevasabzavot yetkazib beradi. Kartoshka va sabzavot, asosan, Toshkent, Chirchiq, Yangiyoʻl, Angren shaharlari atrofidagi xoʻjaliklarda ekiladi. Zangiota va Qibray tumanlari Toshkent sh. aholisini kartoshka va sabzavot bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Viloyatda tokchilik va bogʻdorchilik ham yaxshi rivojlangan. Bogʻlarda asosan, nok va olma oʻstiriladi. Bogʻlarning asosiy qismi Boʻstonliq, Qibray, Yangiyoʻl, Parkent, Ohangaron, Zangiota, Toshkent, Quyi Chirchiq tumanlarida joylashgan. Sharqiy togʻli va togʻ etaklaridagi tumanlarda, asosan, qoʻy va echkilar boqiladi. Echkilarning 40 % angor echkilari, qoʻylar esa hisor va jaydari qoʻylardir. Viloyatda Quyi Chirchiq „Baliqchi“ tajriba namunaviy baliqchilik birlashmasi, Zangiotada Damachi balikchilik kti, Yangiyoʻl baliq chavoqlari yetishtirish davlat xoʻjaligi, Ixtiopatologiya markazi (Toshkent) va boshqa bor. Ангрен шахар тарихи музейи - | |
|
Jami sharhlar: 0 | |