01:38
"Parpi ota ziyoratgohi "

✅Angren shahar tarixi muzeyi xodimlari  Madaniy  meros obyektlarini  o‘rganish  maqsadida "Parpi ota " ziyoratgohiga tashrif buyurdilar.
 ✅ Parpi ota - avliyo qadamjosi , o‘rta asrlarda vujudga  kelgan. Ziyoratgoh Toshkent viloyati ,Pskent tumani ,Namuna shirkat xo‘jaligida joylashgan .
 ✅ Avliyo Parpi оtа ziyoratgohi eng qadimiy qadamjolardan sanaladi .Ayrim rivoyatlarga qaraganda, avliyo Parpi ota ziyoratgohida ulkan harsang bo‘lib , unda  odamning  beshta panja izi  bo‘lgan , u  aslida payg‘ambar vafotidan so‘ng 656-661 yillarda islom dunyosiga xaliflik qilgan Hazrati Alining panja  izlari deyishadi.
 ✅ Yana boshqa rivoyatda esa u joyda Sherobod tepaligi ustida ko‘p yillik katrangi daraxti bor.Bu daraxt qachonlardir Hazrati Ali qamchisining dastasi bo‘lgan .Avliyo Parpi  ota ziyoratgohi o‘rnida kattagina  buloq va yarim teshik tosh bo‘lgan . Bu teshik tosh tikka o‘rnatilgan va  ziyoratchilar uning orasidan uch marta aylanib duo  qilib o‘tishadi.

Ko'rishlar: 235 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar