13:28 Jaloliddin Rumiy | |
jahon adabiyotining muazzam siymolaridan biri. U o‘zidan keyingi Sharq va G’arb so‘z san’atiga katta ta’sir o‘tkazdi. Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Mirzo Abdulqodir Bedil kabi buyuk so‘z ustalari Mavlononi o‘zlariga ustoz deb bilishgan. Buyuk Hyote Abulqosim Firdavsiy, Shayx Sa’diy, Xo‘ja Hofizlar qatorida Jaloliddin Rumiy ijodini ham «Xizr chashmasi» deb atagan. Mashhurlikda Firdavsiyning «Shohnoma»si, Sa’diyning «Guliston»i, Hofizning «Devon»i bilan bir qatorda turgan, forsiy Qur’on nomi bilan shuhrat qozongan «Masnaviyi ma’naviy»ni inson ma’naviy hayotining qomusi sifatida nafaqat Sharqda, balki G’arbda ham ixlos bilan o‘rganishgan. «Dekameron» asaridagi ko‘plab syujet va motivlarni Sharq og‘zaki va yozma adabiyotidan olgan Jovani Bokkachcho «Masnaviyi ma’naviy»dagi qator hikoyatlar asosida ham novellalar yaratganligi ma’lum. instagram.com/angren_muzey www.angrenmuzey.uz t.me/angren_muzey | |
|
Jami sharhlar: 0 | |