Angren shahar tarixi muzeyida   “2-iyul-Davlat gerbi qabul qilingan kun” munosabati bilan  3-iyul kuni Barkamol avlod bolalar maktabi hamkorligida  targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tashrif davomida muzey xodimlari maktab o‘quvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida ma‘lumot berdilar. O‘quvchilar o‘zlari qiziqtirgan savollarga muzey xodimlari tomonidan javob olishdi.

Ko'rishlar: 4 | Qo'shilgan: doynub | Sana: 13.07.2025 | Sharhlar (0)

,   Angren shahar tarixi muzeyida   “ 30-iyun- Yoshlar kuni ” munosabati   bilan     “Ma‘rifatli yoshlar – millat faxri”    mavzusida iqtidorli va iste’dodli yoshlar loyihasi doirasida “ Koinot bolalar” oromgohi hamkorligida intellektual musobaqa tashkil etildi.

Ko'rishlar: 4 | Qo'shilgan: doynub | Sana: 13.07.2025 | Sharhlar (0)

Angren shahar tarixi muzeyida   “30-iyun  Yoshlar kuni ” munosabati   bilan   “Ochiq eshiklar kuni”  hamda “Yoshlar – har  bir  yurt  va millatning boyligi, buyuk salohiyati hamda kuch-qudrati manbaidir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ko'rishlar: 4 | Qo'shilgan: doynub | Sana: 13.07.2025 | Sharhlar (0)

ANGREN 79 YOSHDA


79 yosh… Bu tarix uchun lahzalardir, ammo Angren hayotida butun bir davrdir. 1946 - yil 13 - iyun kuni konchilar qo'rg'oniga shahar maqomi berildi. O'sha paytda 20000 aholiga ega bo'lgan konchilar shahrida 150000 tonna ko'mir qazib chiqarildi. Kimsasiz vodiyda konchilar shahrining birinchi binolari, sanoat korxonalari birin-ketin qad ko'tara boshladi, minglab odamlar o'z taqdirlarini istiqboli porloq yosh shahar bilan bog'ladilar. Bu yosh shaharning nomi ANGREN edi.
➖➖➖➖➖➖➖
Insonlari shirin so'z, shirin zabon
32 millat yashar mehribon
Shonimsan jonimsan shahrim sen
Xizmatingga biz tayyormiz ANGREN
➖➖➖➖➖➖➖
... Читать дальше »

Ko'rishlar: 65 | Qo'shilgan: doynub | Sana: 20.06.2025 | Sharhlar (0)

Angren shahar tarixi muzeyida 2-iyun kuni 1-iyun-“Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ” munosabati bilan “ Ochiq eshiklar kuni ” tashkil  etildi. Tadbirda 6-umumta‘lim maktabi qoshidagi “Yosh rassomlar” to‘garagi rahbari Smaylova Gulendar Izzetovna boshchiligida yosh rassomlarning       “Muzeda bir kun ” mavzusida  rasmlar tanlovi o‘tkazildi.Kasimxanova Kimyoxon Rashidxanovna rahbarligida   “G‘uncha” vokal dastasining badiiy chiqishlari hamda “ Farzandlarimizga kitob sovg‘a qilaylik!” nomli kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Ko'rishlar: 112 | Qo'shilgan: doynub | Sana: 03.06.2025 | Sharhlar (0)

Tadbir davomida Barkamol avlod bolalar maktabi õqituvchisi Ergasheva Ra'no tomonidan " Jonli va jonsiz tabiat " nomli mahorat darsi õtkazildi.

Ko'rishlar: 153 | Qo'shilgan: doynub | Sana: 21.05.2025 | Sharhlar (0)

1 2 3 ... 60 61 »