10:51
79 yosh

ANGREN 79 YOSHDA


79 yosh… Bu tarix uchun lahzalardir, ammo Angren hayotida butun bir davrdir. 1946 - yil 13 - iyun kuni konchilar qo'rg'oniga shahar maqomi berildi. O'sha paytda 20000 aholiga ega bo'lgan konchilar shahrida 150000 tonna ko'mir qazib chiqarildi. Kimsasiz vodiyda konchilar shahrining birinchi binolari, sanoat korxonalari birin-ketin qad ko'tara boshladi, minglab odamlar o'z taqdirlarini istiqboli porloq yosh shahar bilan bog'ladilar. Bu yosh shaharning nomi ANGREN edi.
➖➖➖➖➖➖➖
Insonlari shirin so'z, shirin zabon
32 millat yashar mehribon
Shonimsan jonimsan shahrim sen
Xizmatingga biz tayyormiz ANGREN
➖➖➖➖➖➖➖

1941 yil - Angren-Toshkent temiryo'l qurilishi boshlandi
1940- yil - Angren qurilishida 6000 kishi ishtirok etdi
1948-yil - Non zavodi ishga tushurildi
1946-yil - Shaharda radio - aloqa ishlay boshladi
1956-yil - Angren – Qo'qon avtomobil yo'li qirilishi boshlandi
1953-yil - Shaharda avtobus qatnovi boshlandi
1956-yil - Shaharda birinchi Davlat arxivi ochildi
1955-yil - Angren GRESi ish boshladi
1962-yil - Shaharda birinchi 4 qavatli uy qurildi
1960-yil - Shaharda O'lkashunoslik muzeyi ochildi
1975-yil - 72-avtobaza binosi foydalanishga topshirildi
1967-yil - Shahar markazida Chikrizovga yodgorlik ochildi
1983-yil - Shaharda Delfin nomli suzish havzasi ochildi
1978-yil - Angrenda birinchi 9 qavatli uy qurildi
➖➖➖➖➖➖➖
Angrenim shahrim mening,
Ham g'ururim fahrim mening.
➖➖➖➖➖➖➖


Angren daryosi janubi - g'arbdan 3000 metr balandlikdan boshlangan. U Chotqol tog'idan oqib tushuvchi kichkina daryochalardan hosil bo'ladi. Daryoning uzunligi 256 km. Angren daryosiga ko'plab soylar quyiladi: Bog'isurxsoy, To'g'onboshisoy, Navgarzansoy, Jigaristonsoy, Qayrag'ochsoy, Beshsoy, Nishboshsoy, Go'shsoy  va boshqalar.
Angren daryosida 1938-yildan boshlab, tabiiy boyliklarni topish bo'yicha o'nlab olim va mutaxassislar tadqiqotlar olib borishdi. Shulardan Bogdanovich va Chikrizovlar 1940-yillarda shahrimizda geologik - qidiruv ishlarini boshlashgan. Ular huddi o'sha yili Zagansoyning  Agrenga quyiladigan joyida ko'mir borligini aniqlashadi. 1943 yil Chikrizov va Bogdanovichlarga davlat mukofoti berildi. Shunday qilib, Toshkent viloyati xaritasida yana bir shahar - ko'mirchilar va energetiklar shahri –Angren paydo bo'ldi. Shahar qurilishi loyihasining bosh me'mori Nikolay Vasilyevich Zotov hisoblanadi.
➖➖➖➖➖➖➖

Angren shahar tarixiga oid ba'zi manbalar:
Angren (fors. Ohangaron "temirchilar" atamasining ruscha buzilgan shakli);
1942 yilda asos solingan;
1946- yil 13-iyun Ohangaron shahridan ajralib Angren maqomi berilgan;
O'rta asrlarda aholi zich yashagan, temirchilik va hunarmandchilik bilan shug'ullangan;
1934-yil geologik-qidiruv ishlari boshlangan;
1940-yil dastlabki ko'mir shaxtasi barpo qilingan va 1942-yil ishga tushgan;
1941-yil Toshkent- Angren temiryo'li o'tkazildi;
1996-yil 3000 kishiĺik masjid qurildi;

 

Ko'rishlar: 35 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar