
Angren shahar tarixi muzeyida 2-iyun kuni 1-iyun-“Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ” munosabati bilan “ Ochiq eshiklar kuni ” tashkil etildi. Tadbirda 6-umumta‘lim maktabi qoshidagi “Yosh rassomlar” to‘garagi rahbari Smaylova Gulendar Izzetovna boshchiligida yosh rassomlarning “Muzeda bir kun ” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.Kasimxanova Kimyoxon Rashidxanovna rahbarligida “G‘uncha” vokal dastasining badiiy chiqishlari hamda “ Farzandlarimizga kitob sovg‘a qilaylik!” nomli kitob yarmarkasi tashkil etildi.