11:04
"Tungi muzey"

Bugun Angren shahar tarixi muzeyida "Open Air Fest" (Ochiq eshiklar kuni), "Tungi muzey" ko'ngilochar dasturi doirasida "Bolalarga bering dunyoni" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir namoyishi bo'lib o'tdi. Tadbirda shahrimizning 9-musiqa maktabi o'quvchilari hamda "Buyuk kelajak" ONMTT tarbiyalanuvchilari, "Barkamol avlod" to'garak maktab o'quvchilari o'zlarining go'zal raqslari bilan tomoshabinlarning ko'gillarini chog' etishdi. 10- musaqa maktabidan tashrif buyurgan mehmonlarimiz esa, go'zal nay va doira sadolari bilan tadbirimizga yanada ko'tarinki rux bag'ishlashdi.  Tadbir songgida barcha qatnashchilar muzey rahbariyati tomonidan "Tashakkurnoma" bilan taqdirlandilar. Tadbirdan so'ng bolajonlar bilan "Tabiat" bo'limida "Qushlar bizning do'stimiz" shiori ostida savol -javoblar o'tkazildi.

Ko'rishlar: 38 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar