10:39
tavalludining 583 yilligi

Joriy  yilning  7- fevral kuni  Angren shahar tarixi muzeyida  buyuk shoir va mutafakkir , g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hazrati  tavalludining  583 yilligi va shox va shoir Zaxriddin Muhammad Boburning  tavalludining  541  yilligiga bag‘ishlangan "Bir asrning  ikki javohiri " nomli ma‘naviy va ma‘rifiy  tadbir, shahrimizda faoliyat yuritayotgan 4,21,30,18-maktab o‘quvchi va o‘qituvchilari hamkorligida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga Respublika Ma‘naviyat va  ma‘rifat  markazi Angren shahar bo‘linmasi rahbari A.T.Yusupov , Angren shahar harbiy qism harbiylari , Nurchi MFY raisi Q. Ernazarov va mahalla faollari tashrif buyurdi.
  Tadbirga Mir Alisher Navoiy va Zahriddin Muhammad Bobur  hayoti va ijodi, madaniy merosiga oid ma‘lumotlar berildi. Shu  bilan birgalikda ularning hayotiga oid sahna ko‘rinishlari ham  namoish etildi.O‘quvchilar buyuk ajdodlarimiz g‘azallaridan yod olishib , raqslar ijro etdilar. Kecha so‘ngida muzey rahbariyati tomonidan ishtirokchilar "Tashakkurnoma " bilan taqdirlandi.

Ko'rishlar: 116 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar