22:53
"Tashakkurnoma"

Sizga quvonch ulashgay bugun , 
Quchog‘ingiz gullarga to‘lsin, 
Gulga oshno guldek ayollar , 
Bayramingiz muborak bo‘lsin.

Angren shahar tarixi muzeyida "Open Air Fest " "Ochiq eshiklar kuni " munosabati bilan "Ayol -- mo‘tabar zot " nomli ma‘rifiy-ma‘naviy  tadbir o‘tkazildi.
 ✅ Tadbirga 34,8- umumta‘lim va 9-musiqa maktabi o‘quvchilari taklif etilib , ular  onalarimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari  , she‘r va raqslar ijro etishdi.
  ⚡️Tadbirga "Muzey do‘stlar klubi " a‘zosi , muzeyni shahrimizda  ommalashishiga katta hissa qo‘shgan G.Karimova va muzeyda uzoq yillar turli  lavozimlarda  faoliyat yuritgan mehnat faxriylari  L.Illarionova va  G.Alekseyevalar ,"Nurchi " MFY  faollari  taklif etildi.
  Tadbir so‘ngida mehmonlarga  muzey ma‘muryati tomonidan bayram  sovg‘alari ulashildi va "Tashakkurnoma" lar taqdim etildi

Ko'rishlar: 36 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar