08:59
"Tabiat" bo'limidan

Angren shahar tarixi muzeyi ning "Tabiat" bo'limidan vitrinalarida qush va hayvon tulumlari ko'rgazmaga qo'yilgan. 
        Tabiat bo'limida mavjud qush va hayvon  haqiqiydir.
Ularni tulum shakliga keltirish uchun ichi tozalanadi, oyoqlari tikka turishi uchun sim o'rnatiladi, ichki a'zolari o'rniga somon yoki  yog'och qipiqlari to'ldiriladi. Ular maxsus kimyoviy moddalar solinib qotiriladi.                                                                                        ECHKEMAR - muzeyimizning fauna bo`limida  tulum xolidagi eng yirik kaltakesaklar oilasiga mansub jonivordir.                                                                     EChKEMAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…                                              
1. Echkemar kaltakesaklar oilasiga mansub jonivordir.

2. Echkemar asosan iqlimi issiq hududlarda umrguzaronlik qiladi. U tropik iqlimni ko’tara olmaydi.

3. Echkemarlar yer yuzida bundan 18 million yil oldin paydo bo’lgan.

4. Mayda echkemarning uzunligi zotiga qarab 50 dan 100 santimetrgacha bo’ladi.

5. Echkemarning tili juda harakatchan. U hamisha xuddi ilonlar kabi tilini tashqariga chiqarib o’ynatgan holda harakatlanadi.

6. Echkemarning dumi tanasiga nisbatan uzunroq bo’ladi. U dumi yordamida dushmaniga juda kuchli zarba bera oladi.

7. Echkemarlar kaltakesakning o’ziga qaraganda maydaroq turlari, baliq, kiyik, ilonlar, qush tuxumlari, qushlar bilan oziqlanadi.

8. Bir qator davlatlarda odamlar echkemar tuxumi, aksar holatlarda uning o’zini ham taom sifatida iste’mol qiladi.

9. Echkemarlarning nikoh mavsumi bahorda boshlanadi. Urg’ochisi 15 tadan 20 tagacha tuxum qo’yadi. Lekin u tuxum bosib o’tirmaydi.

10. Bolalari dunyoga kelgandan keyin ham urg’ochi ularning parvarishi va tarbiyasi bilan umuman shug’ullanmaydi.

11. Echkemarning yovvoyi tabiat qo’ynida deyarli dushmani yo’q. Shuning hisobiga 50 yilgacha umr ko’radi.

12. Echkemarning eng mayda turlari faqat o’t-o’lanlar bilan oziqlanadi.

13. Echkemar kerak bo’lganda zaharli ilonni ham tutib yeydi. Biroq zahar unga umuman ziyon yetkazmaydi.

14. Yirik echkemarning terisi poyafzal, kiyim-kechaklar tayyorlashda ishlatiladi.

15. Komodo echkemari yer yuzidagi eng yirik hisoblanadi. Uning uzunligi 3 metrgacha, vazni 140 kilogrammgacha yetadi. U daraxtda bemalol shoxdan shoxga o’tib yura oladi, suvda suzishni ham qoyillatadi.

16. To’yib yemish yegach, echkemarning qorni shishib ketadi. Ammo hayoti uchun xavf tug’ilsa, u qornidagi yemishni qusib tashlaydi va qochishi osonlashadi.

17. Echkemar bir yeyishda o’z vaznidan bir necha barobar og’irroq yemishni paqqos tushiradi.

18. Komodo echkemarining so’lagida kuchli zahar bor. U odamni tishlasa ham o’sha zahoti o’lim topadi.

19. Komodo echkemari och qolib ovqat topa olmagan payt o’z bolalarini yeb bitiradi.                                                                                                                        Batafsil ma’lumotni quyidagi raqamdan bilib oling:                                                                                            ☎️ + 998 70 663-13-34 
Bizning saytimiz:                                                                                  www.angrenmuzey.uz                                                                                Bizning manzil:                                                                                  
Angren shahri, Bunyodkor  ko‘chasi

Ko'rishlar: 113 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar