11:21
"Qоmusim,  or-nomusim  "


✅Shu  kunlarda yurtimiz bo‘ylab tinch va farovon hayotimizning muhim kafolati  hamda mustahkam huquqiy poydevori bo‘lgan Bosh qomusimiz - O‘zbekiston Respublikasi Konstutsiyasi qabul qilingan sana keng nishonlanmoqda .
✅Angren shahar tarixi muzeyida  bugun shahrimizda  faoliyat olib borayotgan  25- umumta‘lim maktab  o‘qituvchisi Shodiyeva Z. O‘ va   8- sinf o‘quvchilari ishtirokida   "Qоmusim,  or-nomusim  " nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.
✅Tadbirda qomusimiz qabul qilinish  tarixi , band  va boblarga toxtalib o‘tildi.  O‘quvchilar tomonidan Vatan haqida qo‘shiqlar , she‘r , raqslar ijro etildi .  
✅ Tadbirda Angren shahar  IIB boshlig‘i o‘rinbosari Umarov N.F , Milliy Gvardiya qo‘riqlash xizmati bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari  Qurbonov A , 2- otryad komandir o‘rinbosari Umarov A. M  va Angren shahar Adliya xodimlari Niyozova Sh , Sirojjidinova S.lar  ishtirok etib , qomusimiz haqida nutq so‘zlab, bayram bilan muborakbod etishdi.
✅Tadbir so‘ngida faol ishtirokchilar  muzey rahbariyat tomonidan taqdirlandi.

Ko'rishlar: 37 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar