23:12
"Qardosh xalqlar vakillari rassomlarning tasviriy san‘at asarlari "


Кunning ikkinchi yarmida Angren shahar tarixi muzeyida  "Bag‘rikenglik  haftaligi " doirasida  shahrimizda faoliyat yuritayotgan Barkamol avlodning  "Yarkaya  palitra " gurux o‘quvchilari va ustozi Marina Anatolevna Kojayeva  bilan hamkorlikda "Qardosh xalqlar  vakillari  rassomlarning tasviriy san‘at asarlari  " nomli   ko‘rgazmasi  tashkil etildi . 

Ko‘rgazmaga 2- sonli Kasb- hunar maktab  o‘quvchilari  taklif etildi.Mashg‘ulot  davomida ustozi  o‘quvchilarga    ijodi davomida   har bir suratni chizishda mehr bilan yondoshish  zarurligini uqtirdi.

Ko‘rgazma so‘ngida ishtirokchilar   muzey rahbariyati  tomonidan   "Tashakkurnoma "  bilan  taqdirlandi.

Ko'rishlar: 48 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar