O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27- maydagi "Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora - tadbirlari to‘g‘risida " PQ-261- sonli qarorining 1- ilovasida belgilab qo‘yilgan usta hunarmandlarning "Mahorat darslari " ni tashkil etish vazifasi belgilangan .Ijroni ta‘minlash maqsadida bugun 07.06.da Angren shahar tarixi muzeyida "Mohir barmoqlar sehri " nomli mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga Angren shahar Usta hunarmandlar uyushmasi a‘zolari Shamsiddinova X. Mamatova Sh. lar tashrif buyurdilar .
Hunarmand Mamatova Sh. tomonidan , muzey xodimlari va "Muslimbek" hususiy bog‘cha tarbiyalanuvchilarga milliy zeb-ziynat buyumlaridan biri bo‘lgan zirak tayorlash texnikasi ko‘rsatilib berildi
Mohir tikuvchi Shamsiddinova H. milliy matolar tarkibi , tikish choklari , qo‘l mehnati bezaklari , tikuvchilik va turli viloyatlarga tegishli bo‘lgan kamzullar haqida to‘htalib o‘tdilar. Tadbir yakunida hunarmandlar tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
|