23:53
ochiq dars tashkil etildi

Joriy yilning  31 yanvar kuni Angren shahar tarix muzeyi hodimlari navbatdagi reja asosida . Shahrimizdagi 2- sonli kasb- hunar maktabining "Geologiya "yonalishi 27- 21 guruhlarida , Tabiat bo‘limining ilmiy hodimi Shodiyeva U. tomonidan "Geologik birikmalar" mavzusi asosida ochiq dars tashkil etildi.

Mavzu 3 ta reja  asosida, ilmiy yoritilib berildi.Muzeydagi andizet, kvars, gips, kvars karbonat , andizit porfir, o‘zgarishga uchragan limonitlangan karbonat ashyolardan foydalangan holda qiziqarli malumotlarga boy dars o‘tildi.

O‘quvchilarning  fikrlari so‘ralib , savol -javoblar bilan mustahkamlandi.Ochiq dars "Geologiya" yo‘nalishi 27- 21guruh o‘quvchilarida qiziqish uyg‘otib , muzeydan olib borilgan eksponat ashyolarini qo‘l bilan ushlab ko‘rishga muvofiq bo‘lishdi.Darsning ilmiy yoritilishini  muzey bosh mutahasisi Sariqulova M.Q tahlil qildilar.

 

Ko'rishlar: 105 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar