00:35
"Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora - tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2022- yil   27- maydagi "Muzeylarda  xizmatlar  sohasini rivojlantirish chora - tadbirlari  to‘g‘risida  " gi  PQ - 261- sonli qarorining 6- ilovasi ijrosini  ta‘minlash  maqsadida Angren shahr tarixi muzeyi tomonidan shaharning tarixiy joylari va ko‘xna manzilgohlarida " Kuzatish- ko‘zdan kechirish " yo‘nalishida  ilmiy ekspedisiyalar tashkil etilmoqda. Shaharning  Bog‘iso‘g‘d MFY hududida   "Bog‘iso‘g‘d - yangi  kunda " nomli ilmiy ekspedisiya tashkil etildi.

Ekspedisiyada O‘zbekiston  Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimlari  D. Normurodov , G‘.  Muxtorovlar hamda  Angren shahar tarixi muzeyi  xodimlari ishtirok etishdi.  Ular  tarixiy  manzillarni    ko‘zdan kechirib , manzillarni  o‘rnini qaytadan tadqiq  etishdi va ko‘plab moddiy manbalar- ashyolarni qoldiqlarni o‘rganishdi.

Ko'rishlar: 127 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar