12:54
"Jaholat to‘g‘risidagi rivoyat "

O‘zbekiston Respublikasining 2022- yil 27-maydagi PQ-261-sonli  qarorining  6-ilova 17-bandida Muzey hamda madaniy meros ob‘yektlarida tariximiz va madanyatimiz to‘g‘risida tarixiy sahna ko‘rinishlari va teatrlashtirilgan namoyishlarni o‘tkazish  chora tadbirlariga asoslanib,   Angren shahar tarixi muzeyida 30-maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari hamkorligida "Jaholatga qarshi isyon " nomli sahna ko‘rinishi  namoyish etildi.

✍O‘zbekning ulkan shoirlaridan  Erkin Vohidov  "Jaholat to‘g‘risidagi rivoyat " da donishmand ulug‘ hakimning jaholat hukm surgan zamonda olomon tomonidan  sazoviy etilishi va gulhanda kuydirilishini tasvirlanadi.

Shu  bois sahna ko‘rinishida yosh havaskorlarimiz  yoshlarni  to‘grilik  sari yo‘naltirish , o‘sha davr hayoti yoritish orqali yaxshi yomonni yoshlarga tanitish o‘z shahsiy fikriga ega bo‘lish va so‘ngida pushaymon bo‘lmaslikka da‘vat etadi. 

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar muzey ma‘muriyati  tomonidan  "Tashakkurnoma " bilan taqdirlandi.

Ko'rishlar: 23 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar