23:09
Bag‘rikenglik haftaligi

Angren shahar tarixi muzeyida "16- noyabr Xalqaro bag‘rikenglik kuni " ga bag‘ishlangan "Bag‘rikenglik haftaligi " doirasida  Angren shahar axborot- kutubxona markazi xodimlari hamkorligida "Qardosh xalqlar adabiyoti "  nomli  ko‘rgazma  tashkil etildi.

  Tadbirdan ko‘zlangan maqsad --130 dan ortiq millat va elat vakillari o‘rtasida do‘stlik va  bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash , yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini rivojlantirishdan iborat . 

Tadbirda 2- sonli kasb - hunar maktabi bir guruh o‘quvchilari qatnashdilar . O‘quvchilarga  kutubxona xodimlari "Turkiy adabiyot durdonalari " kitoblaridan qardosh xalqlar yozuvchi va shoirlarning ijod namunalaridan qisqacha ma‘lumotlar berib o‘tdi.

O‘quvchilar ushbu kitoblarga qiziqish uyg‘otib, yaxshi tasurotlar bilan mamnun bo‘ldilar.

Ko'rishlar: 116 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar