10:12
"Assalom bahor ! "

 

Bag‘rida quyosh , taftida muhabbat, novdasida mehr, yaprog‘ida nido, g‘unchasida tabbasum, mevasida umidi bor- ko‘klam!

Bugun 4 mart  sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 maydagi PQ - 261 -sonli qarorining "OPEN AIR FEST " kabi ko‘ngil ochar dasturi doirasida Angren shahar tarixi muzeyi hodimlari o‘rtasida "Assalom bahor ! " nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda "Tarix", "Tabiat","Etnografiya va san‘at" bo‘limi hodimlari bellashdilar.

Tadbirda Angren shahar 9-sonli musiqa maktabining  raqs dastasi jajji qizaloqlari "Tovis", "Oq qushlar" raqslarini ijro etdilar.

Tadbirda Tabiat bo‘lim mudirasi Isaxonova H.B mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritib , Appahodjayeva I.O‘ ga va Salihanova G.N larga omadlar tiladi.Bellashuv ishtirokchilari viloyat kasaba uyushmasi qo‘mitasi estalik sovg‘alari va tashakkurnomalari bilan tag‘dirlandilar.Barcha taklif qilingan mehmonlarda , bahoriy
 kayfiyat, shirin xotiralar  o‘g‘ushida esda qolarli tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

Ko'rishlar: 124 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar