10:38
Angren shahar xokimining o‘rinbosari S. Anarboyev tashrif buyurdi.

Joriy yilning 2024-yil 6- fevral kuni Angren shahar tarixi muzeyiga Angren shahar xokimining  o‘rinbosari S. Anarboyev  tashrif buyurdi. 
 ✅  S. Anarboyev  Toshkent viloyati xokimining 2024- yil   yanvar oyida amalga oshirish belgilangan vazifalar va ustuvor  yo‘nalishlar bo‘yicha ish  rejasining  Angren shahar tarixi muzeyida bajarilishini o‘rgandi.
  ✅ Muzeyning ekspozitsiya zalini aylanib,  mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar berdi.Xususan , ekspozitsiya zallari fond va xodimlar faoliyat olib boradigan xonalarini issiqlik tizimiga ulash ; muzeyda eksponatlar uchun mo‘tadil havo almashtirish tizimini o‘rnatish, muzeyga kuzatuv moslamalarini o‘rnatish va mavjudlarini  ta‘mirlash haqida fikrlar bildirdi. 
  Muzeyni ommalashtirish uchun homiylarni va "Muzey do‘stlari" klubi a‘zolarini yordamiga tayanish zarurligini ko‘rsatib o‘tdi.

⚡️S.Anarboyev muzey xodimlari bilan ochiq muloqatda ularni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Ko'rishlar: 96 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar