10:43 "Angren rassomlar nazarida kecha, bugun va ertaga " | |
19.04.2024- yil Angren shahar tarixi muzeyida "Angren rassomlar nazarida kecha, bugun va ertaga " deb nomlangan ko‘rgazma tashkil etildi.Ko‘rgazmada shahrimizda faoliyat yuritayotgan 21-maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari A.Y.Nikolayevna , R.S.Shavkatovnalar hamkorligida o‘tkazildi. Shahrimizda ko‘plab shoir, yozuvchilar, olimlar, rassomlar yetishib chiqqan bu xalqning nazariga tushib, ular o‘z ijod namunalari bilan xalqning obro‘ etiborini qozonishgan. Ana shunday rassomdan O‘zbekiston rassomlar uyushmasi a‘zosi, marhum Abdumalik Buxarov Nagayevich va xozirgi kunda ijod qilib kelayotgan O‘zbekiston badiy ijodkorlar uyushmasi a‘zosi Erkin Jo‘rayev iqtidorli rassomlarning ijod namunalari ko‘rgazmada namoyish etildi. Ko‘rgazma ochilishga bag‘ishlangan tadbirda rassom A.N.Buxarov singlisi A.Nagayevna rassom hayoti va ijodiy faoliyati haqida qisqacha ma‘lumot berib, uning ko‘plab asarlari Angren shahrining tabiati tasvirlanganligini takigladi. | |
|
Jami sharhlar: 0 | |