Joriy yilning 18- yanvar kuni Angren shahar tarixi muzeyiga Olmaliq hududiy kon - metallurgiya sanoat korxona faxriylari kengashi tashrif buyurdi.
⚡️Tashrif davomida faxriylar eksponatlarni sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirar ekan , xalqimiz tarixi va o‘tmishi ularda qiziqish uyg‘otdi.
Tashrifchilar muzeydan katta taassurot olishib , o‘zlarining samimiy minnatdorchiligini izhor qilishdi.