ANGREN 79 YOSHDA
|
Angren shahar tarixi muzeyida 2-iyun kuni 1-iyun-“Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ” munosabati bilan “ Ochiq eshiklar kuni ” tashkil etildi. Tadbirda 6-umumta‘lim maktabi qoshidagi “Yosh rassomlar” to‘garagi rahbari Smaylova Gulendar Izzetovna boshchiligida yosh rassomlarning “Muzeda bir kun ” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.Kasimxanova Kimyoxon Rashidxanovna rahbarligida “G‘uncha” vokal dastasining badiiy chiqishlari hamda “ Farzandlarimizga kitob sovg‘a qilaylik!” nomli kitob yarmarkasi tashkil etildi. |
Tadbir davomida Barkamol avlod bolalar maktabi õqituvchisi Ergasheva Ra'no tomonidan " Jonli va jonsiz tabiat " nomli mahorat darsi õtkazildi. |
Bugun Angren shahar tarixi muzeyida 18-may Xalqaro Muzeylar kuni munosabati bilan bayram tadbirimiz juda chiroyli va maroqli bolib otdi. Bayram qatnashuvchilari va 9-sonli bolalar musiqa va sanat maktabi oquvchilari ozlarining qoshiq va raqslari bilan barchaning kongillarini hushnud etishdi. |
|
#LIVE Ayni damda "Nurafshon Business City" hududida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Ikkinchi jahon urushi yillaridagi matonat va mustaqillik yillarida jonajon vatanimiz tinchligiga qilingan tahdidlar va qurolli hujumlarni bartaraf qilishda ko‘rsatilgan mardlik namunalarini o‘zida aks ettirgan o‘ziga xos majmua bo‘lmish “Vatanparvar” bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. ... Читать дальше » |