16:03
Qoyatosh

Qadimgi ajdodlarimiz qoyatoshlarga chizib qoldirgan rasmlar ilk san’at namunalari edi. Ular tarix uchun juda qimmatli yodgorliklardir. Qoyatosh suratlarining o‘ziga xos tomoni shundaki,ular insoniyat tomonidan xali yozuv paydo bo‘lmasidan oldin yaratilgan edi. Bu san’at namunalari olimlarning qadimgi davr tarixini yoritishlarida muxim manba xisoblanadi. Ularda ajdodlarimizning kundalik xayoti,turmush tarzi,diniy etiqodi,mashg‘ulotlari va odatlari ifodalangan. Ayniqsa,ajdodlarimizning eng qadimgi mashg‘uloti-hayvonlarni ovlash manzarasi ko‘p uchraydi. Bu suratlar tarix uchun o‘sha davrda odamlar ko‘proq qanday xayvonlarni ovlaganligi va ular buni qay tarzda bajarganligi xaqida qiziqarli ma’lumotlar beradi.

Qoyatosh suratlarini bundan ko‘p yillar avval kramonon odamlari yaratganlar. Arxeologlar tomonidan topilgan bu davr suratlarining ko‘pchiligi qoyalarga o‘yib ishlangan. O‘sha zamon tasviriy san’at ustalari xayvonlarni tasvirlashda qora,sariq va qizil buyoqlardan foydalanishgan. Buyoqlar tosh devorlarga tayoqcha yoki xayvon junidan tayyorlagan muyqalam yordamida surilgan. Ularni o‘rganish qadimiy hayvonot  dunyosini yanada yaxshiroq tasavvur qilishga imkon berdi.
   Suratlarga cho‘p, qamish, suyak va qushlarning pati vositasida jilo berilgan. Bu esa suratlarning deyarli xech bir o‘zgarishsiz xozirgi kunimizgacha saqlanib qolishiga sabab bo‘lgan. Oxongaron vodiysida ko‘plab ana shunday nodir san’at namunalari aniqlangan. Yer yuzida issiq iqlimning qaror topishi natijasida yurtimizning xayvonat olami va o‘simliklar dunyosida ham o‘zgarishlar yuz bergan. Chunonchi, yirik hayvonlar asta-sekin yo‘qolib , arxar,tog‘ echkisi,bug‘u,jayron,sayg‘oq,qulon, quyon,arslon,yulbars,bars,qoplon va gepard kabi xayvonlar ko‘paygan. Bu esa qoyatosh suratlarida o‘z aksini topgan. Xususan,Angren xududidagi “Qizil olma”, “Ertosh”, “Lashkarak” qishlog‘idagi  qoyatosh suratlari bunga yaqqol misoldir. Dastlabki san’atning noyob yodgorligi sifatida(Qizil kitob) ga kiritilgan betakror qoyatosh suratlari bugun chet ellarda ham e’tirof etilmoqda.Bunday  qoyatosh suratlaridan ochiq osmon ostidagi muzeylar ham  tashkil etilgan.
Angren shahar tarixi muzeyi katta ilmiy hodimi: N.A. A’zamova

Ko'rishlar: 98 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar