
Ortiqali Qozoqov òtgan asrning tòqsoninchi yillarida òzbek rangtasviriga kirib kelgan avlod vakili. Milliy rangtasvir tushunchasini tubdan òzgartirishga, yangi avlod ufqlarini kashf etishga harakat qilgan mòyqalam sohiblari singari uning ham xalqimizga hos milliy qadriyat va an'analar, sharq mumtoz adabiyoti , xalq oģzaki ijodi asosiy manbaaga aylandi. Rassom ijodiga avangard an'analari bilan uyqash namunalar sifatida baho berish mumkin.
Sònggi yigirma yil Ortiqali Qozoqov uchun ijodiy yuksalishlarga boy yil bòldi. Ba'zi ijodkorlar singari sharqona ramziylik, allergoya va metaforalar olamida cheklanib qolishni istamadi. Buning tasdiģini sònggi yillarda yaratilgan rang-barang asarlarda kòramiz. Milliy hunarmandchilik namunalari ifodalangan natyurmortlar, zamondoshlarimiz qiyofasi aks etgan portretlaru, gòzal tabiat manzaralarining barchasi rassom ijodining serqirraligidan dalolat beradi. Angren shahar tarixi muzeyida ham rassom ijodiga mansub asarlar saqlanib kelmoqda.
Katta ilmiy xodim G. Salixanova
|