18:58 Milliy merosga mening hissam! | |
Mamlakatimizdagi muzeylar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning marketing siyosati va xizmatlar sohasini yalpi uyg‘unlikda rivojlantirish, muzeylar faoliyatiga ilg‘or texnologiyalarni samarali tatbiq etish, muzeylarda O‘zbekiston davlatchiligi tarixi va xalqlari, Ilk uyg‘onish va kelgusi Renessans davrlari, buyuk allomalar hayoti va ijod yo‘llariga doir zamonaviy yangi ekspozitsiyalarni yaratish, muzey to‘plamlaridagi boy tarixiy va madaniy merosni keng targ‘ib qilish maqsadida “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi doirasida aholidan madaniy boyliklarni sotib olish tadbirlari tashkil etilmoqda. 2024-yilda “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi doirasida davlat budjetidan 3 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi. Yil davomida madaniy boyliklarni sotib olish tadbiri doirasida Agentlik huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashining 2 ta majlisi o‘tkazildi. Kengash majlisiga taqdim etilgan 341 ta madaniy boyliklaridan 2,834,500,000 so‘mga jami 97 ta madaniy boylikni xarid qilish yuzasidan qarorlar qabul qilindi hamda o‘rnatilgan tartibda shartnomalar tuzilib mablag‘lar o‘tkazib berilmoqda. Ma’lumot uchun, “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-261-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Umumxalq aksiyasi doirasida aholi vakillari mamlakatimiz o‘tmishiga oid tarixiy materiallar, ashyolar, noyob suratlarni topshirishlari mumkin. Eslatib o‘tamiz, aksiya doirasida aholidan madaniy boyliklarni sotib olish tadbirlari davom etmoqda. Milliy merosga o‘z hissasini qo‘shish niyatidagi fuqarolarimiz eksponatlarni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Lashkarbegi ko‘chasi 19-uyga olib borishlari yoki +998-90-250-77-41 telefon raqami orqali bog‘lanishlari mumkin. | |
|
Jami sharhlar: 0 | |