22:37
"Mehr ulashing "

Angren  shahar  tarixi  muzeyida    3 - dekabr  kuni   nogironligi  bor  shaxslarni ishtimoiy himoya  qilish  kuni  munosabati bilan Respublika ma‘naviyat  va ma‘rifat markazi  Angren  shahar bo‘limi  hamkorligida "Mehr  ulashing "  muruvvat  tadbiri doirasida maxsus  ko‘rgazma va muzey  bo‘ylab ekskursiya tashkil  etildi .

  Tadbirga  Angren shahridagi  34- maxsus  maktab internati  o‘quvchilari  tashrif buyurishdi. O‘quvchilarga muzey  xodimlari tomonidan  tashkil  etilgan  ko‘rgazma  va ekspozitsiya zallarida    namoyish  etilayotgan  eksponatlar haqida  qiziqarli  ma‘lumotlar berildi.

Shuningdek ,  yurtimiz  tarixi  va  xalqimiz  madaniyatini  aks  ettiruvchi  ashyolar   o‘quvchilarda  katta  qiziqish uyg‘otdi .

⚡️Tadbir  so‘ngida  o‘quvchilarga muzey xodimlari  tomonidan sovg‘alar  ulashildi.

Ko'rishlar: 50 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar