00:36 ma'naviy-ma'rifiy tadbir | |
Ikkinchi jahon urushi insoniyat boshiga katta kulfatlar keltirdi. Garchi urush harakatlari O'zbekiston hududida boʻlib oʻtmagan boʻlsada, otalarimiz umumiy vatan ozodligi yoʻlida kurash olib bordilar. Ikkinchi jahon urushi yillarida mardlik va jasorat namunasini koʻrsatgan vatandoshlarimiz safida angrenliklar ham bor edi. Jonini fido qilib dushmanga qarshi kurashgan ota-bobolarimiz, front ortida katta qiyinchiliklarni yengib, mashaqqatli mehnatlari bilan buyuk gʻalabaga hissasini qoʻshgan momolarimizni xotirlab, Angren shahar tarixi muzeyida 8-mayda 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Inson aziz, xotira muqaddas" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda urushda ishtirok etib, jasorat va mardlik koʻrsatgan jangchilar xotirasi sharafiga koʻrgazma tashkil etildi. | |
|
Jami sharhlar: 0 | |