16:00
Ko’lbuloq manzilgohi tarixiga nazar


Ko‘lbuloq Angren shahrining g‘arbiy chеkkasida –Chotqol tizmasi etagida joylashgan. Bu manzilgoh 1961 yilda G.D. Tetyuxin, 1972,1975 va 1981 yillarda M.R. Qosimov rahbarligidagi arxeologik otryadlar tomonidan o‘rganilgan. Bu yerda qariyb bir gektarlik maydon arxeologik qazish ishlarini olib borish uchun sim to‘r bilan o‘rab qo‘yilgan. 1961yilda mazkur maydonning shimoliy chekkasidan boshlangan. Bo‘yiga 10-12 metr , eniga 5-6 metr, chuqurligi hozirgi kunda 7 metr bo‘lgan bu maskanning to‘rtta quyi qismi ashel, beshta o‘rta qismi muster, uchta ustki qismi esa yuqori paleolit davriga mansub. Mazkur arxeologik handaqqa 2,5-3 metr masofada tagidan buloq suvi qaynab chiqayotgan 3x3m xajmdagi kvadrat hovuz mavjud. Uning yuzasini mayda suv o‘tlari qoplagan. Suvi sharq tomonga yo‘nalgan ariqdan oqib chiqib ketadi. Hovuzdan 10 metr masofada shimol tomonga 70-yillarda marhum akademik G‘ani Movlonov tashabbusi bilan seysmik laboratoriya binosi qurilgan.

 

Toshkent viloyat Davlat pedagogika instituti dotsenti, geografiya fanlari nomzodi To‘raxon  Raximovning ma’lumotiga qaraganda , Respublikamizning 21 ta mana shunday radon moddasiga boy , qishda muzlamaydigan , ozayib yoki qurib qolmaydigan , yozda esa muzday bo‘lib oqadigan buloqlar yonida seysmik kuzatish laboratoriyalari tashkil etilgan. G‘ani Movlonov u kishiga zilzila bo‘lishidan bir xafta ilgari Ko‘lbuloq hovuzining qaynashi tezlashib, xavfdan darak berishini aytgan ekanlar. Bu fikrni tarix o‘qituvchisi Y.To‘xtaev ham o‘z kuzatishlaridan kelib chiqib tasdiqladilar. Y.To‘xtaevning hikoya qilishlaricha, bundan yigirma yillar muqaddam bir rahbar 1,1.5 kilometrlik masofada joylashgan Geolog qo‘rg‘oniga chuqur tortib Ko‘lbuloq suvini oqizmoqchi bo‘lgan. Ammo tasodifan yoki qandaydir sirli ta’sir orqalimi,o‘sha yosh rahbarning qo‘l-oyog‘i shol bo‘lib, tildan qolgan. Ko‘lbuloq suvi esa quvur ulanganligiga qaramay, Geolog qo‘rg‘oniga oqib bormagan.
    Ko‘lbuloq manzilgohining janubiy tomonida qadimiy Ervali buva qabristoni , sharqiy tomonida esa o‘shancha masofada ko‘xna Qizilolma oltin koni joylashgan.Bu kon shaxtalarida hozir ham qazuv ishlari jadal ketmoqda .2004 yilning avgust oyida akademik Yu.F.Buryakov tarix fanlari nomzodi S.A.Dudakov bilan birgalikda Qizilolma oltin koniga tegishli sanoat-ishlab chiqarish zonasi va Shavvoz tog‘-kon uchastkasini sinchiklab o‘rgandi Arxeologlar diqqatini Qizilolmadagi bir-biridan uch metr masofada joylashgan chuqurligi 80 metrlik ikkita shaxta o‘ziga tortadi. Shaxtalarning quyi qismi ishlab chiqarish extiyojlariga ko‘ra birlashib, qorong‘u maydonchani hosil qilgan. Bu maydonchadan ichkariga yo‘l ketgan.uning oxirigacha borish imkoni bo‘lmagan. Qizilolmadagi qadimgi konchilar qurg‘onidan topilgan ashyolar bu yerdagi odamlar eramizdan avvalgi birinchi ming yillikning birinchi yarmida metall bilan tanish bo‘lganliklarini ko‘rsatadi . Maxalliy keksalarning aytishlaricha , Ko‘lbuloqdan kala va tana suyaklari Qizilolmaning qadimgi konchilariniki. Ular Ervali buva Qabristoni va Ko‘lbuloqqa islom dini paydo bo‘lmasidan ancha avval dafn etilgan. 

Angren shahar tarixi muzeyi katta ilmiy hodimi:    N.A.A’zamova

Ko'rishlar: 103 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar