00:35
"Jaholatga qarshi- marifat!"

.

"Jaholatga qarshi- marifat!" shiori ostida o'tkazilayotgan ma'naviy -ma'rifiy targ'ibot tadbirlari shahrimiz bo'ylab keng qamrovda amalga oshirilmoqda.  -Bugun Angren shahar tarixi muzeyida "Jaholatga qarshi - kurash" va "Yoshlarni turli xil yot g‘oyalardan himoya qilish" mavzusida targ'ibot tadbirlari o‘tkazildi.    -Unda muzey hodimlari va "Nurchi" MFY faollari ishtrok etishdi.  -O‘zbekiston Xalqaro Islom Universiteti doktoranti Azamov Baxodirjon Baxromjonovich O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni va mohiyati, O‘zbekistonga chetdan turib har xil yolg'on va boxtonlarni yog‘dirayotgan, g‘arazli niyatlari bilan tinch va osuda hayotni izdan chiqarishga intilayotgan kuchlar haqida ma'lumotlar berdi.                                                                                    -Shuningdek yoshlarni turli xil yot g‘oyalardan himoya qilish bugun, ayniqsa  dolzarb bo'lib qolayotganiga to'xtaldi. Ijtimoiy tarmoqlarda  yot g‘oyalardan farzandlarimizni asrashimiz, ularni turli xil diniy oqimlar ta'siriga tushib qolmasligi uchun bo‘sh vaqtlarida kitob o'qishga, turli to‘garaklarda ishtirok etishga yo‘naltirish haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.  -Yig‘ilish ishtrokchilari o‘zlariga kerakli ma`lumotlarni olib, savol- javob tarzida fikr almashdilar.

Ko'rishlar: 68 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar