23:06
"Buyuk va barhayot siymolar "

 Angren shahar tarixi muzeyida Alisher Navoiy tavalludining  584 yilligi va Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining  542 yilligiga  bag‘ishlangan "Buyuk va barhayot siymolar " nomli ma‘naviy- ma‘rifiy  tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bugungi  tadbirimizda yana jajji aziz mehmonlarimiz ishtirok etishdi.Ular shahrimizning 32- DMTT tarbiyachi hamda  tatbiyalanuvchilari.
Navoiy bobomiz nafaqat shoir balki buyuk davlat arbobi mohir siyosatchi, ilm va san‘at ahlining homiysi, tasavvuf olamining zukkosi edilar.
O‘zbek adabiyotining atoqli namoyondalaridan yana biri shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining qisqa va murakkab hayoti davomida sermahsul ijod qila olgan buyuk iste‘dod sohibi edi.
Tabirda  jajji  bolajonlar "Non isi " nomli  rivoyatining sahna  ko‘rinishini mohirona namoyish etishdi hamda  ishtirokchi qizlar tomonidan bir- biridan betakror   raqs,  she‘r , g‘azallar  ijro etildi.
Tadbir so‘ngida muassasa tarbiyachisi va jajji mahoratli bolajonlar tashakkurnoma  bilan taqdirlandilar.

Ko'rishlar: 51 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar