16:07
Biz kim, Mulki Turon!

Angren shahar tarixi muzeyida 2025-yil 8-aprel kuni 9-aprel Amir Temur tavallud topgan kuni munosabati bilan “Biz kim, Mulki Turon!” shiori ostida xodimlar o‘rtasida turli xil sport musobaqalari o‘tkazildi.
   Sport musobaqasi judayam ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.Musobaqa so‘ngida arqonda sakrash musobaqasi bo‘yicha ilmiy xodim Appaxodjayeva Iroda 107 marta arqonda sakrab faxrli birinchi o‘rinni, yugurish musobaqasi bo‘yicha bo‘lim mudirasi Xalmuradova Xulkaroy 50 metrga 6 ,67sekundda yugurib faxrli birinchi o‘rinni, halqa aylantirish musobaqasi bo‘yicha nazoratchi Riskulova Munavvar faxrli birinchi o‘rinni, to‘p ushla va  shaxmat-shashka musobaqasi bo‘yicha katta ilmiy xodim A‘zamova Nargisa faxrli birinchi o‘rinni va milliy o‘yinlarimizdan arqon tortish musobaqasi bo‘yicha ikki jamoa durrang natijalarga erishdilar.
        Musobaqa yakunida  Angren shahar tarixi muzeyi direktori Sh. Ruzmatov g‘oliblarni esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

Ko'rishlar: 100 | Qo'shilgan: doynub | Baho: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
avatar